Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qrimdagi Novofedorovka qishlog‘ida bir nechta portlashlar ro‘y berdi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, voqea yaqin atrofda joylashgan Saki harbiy aerodromi hududida sodir bo‘lgan. Harbiy departamentning ta’kidlashicha, aviabazada bir nechta aviatsiya o‘qlari portlagan. Bu haqda “Lenta.ru” nashri xabar bermoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, portlash oqibatida hozircha jabrlanganlar aniqlanmagan. Aeroportdagi aviatsiya texnikasiga ham zarar yetmagan. Yong‘inni o‘chirish va portlash sabablarini aniqlash choralari ko‘rilmoqda. Aerodromdagi o‘q-dorilar saqlanadigan joyga yong‘in ta’siri kuzatilmagan.

Voqea joyida yong‘in chiqqan. Favqulodda holat sabablari o‘rganilmoqda.

Saki shahridan Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostidagi hududgacha bo‘lgan eng qisqa to‘g‘ri chiziqli masofa 200 kilometrdan oshadi.

Qrim rahbari Sergey Aksyonov voqea joyiga yetib borgan. Uning qayd etishicha, atrof besh kilometrlik harbiylar hududi bilan o‘rab olingan holda hodisaning sabablari o‘rganilmoqda.

Voqea joyida tez yordam brigadalari va tibbiy aviatsiya ishlamoqda, ularning soni yetarli. Qurbonlar haqida gapirishga hali erta. Tinch aholi orasida hali hech kim tibbiy muassasalarga yordam so‘rab murojaat qilmagan, — deydi Qrim rahbari Sergey Aksenov.
Portlashlardan keyin rossiyalik sayyohlar va mahalliy aholi Novofedorovkani ommaviy ravishda tark eta boshladi, deb xabar berdi Rossiya Turoperatorlari assotsiatsiyasi (ATOR).

Ma’lum bo‘lishicha, portlash kurort hududidan ancha uzoqda sodir bo‘lgan. Turistlar jabrlanmagan. Shu bilan birga, tashkilot ushbu ma’lumotlarni birlamchi deb atadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi