O‘zbekiston Energetika vazirligida lavozim tayinlovi amalga oshirildi.
Unga ko‘ra, Aziz Alimuhamedov O‘zbekiston Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti direktori etib tayinlandi.
Aziz Alimuhamedov bunga qadar Energetika vazirining ilm-fan va innovatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.