Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi gaz ta’minoti uchun kurash tobora kuchayib bormoqda. Bu esa narxlarning yanada oshishi xavfini kuchaytirmoqda, deya xabar qilmoqda Financial Times.

Foto: Bloomberg

Suyultirilgan gazning dunyodagi ikkinchi va uchinchi yirik importyorlari Yaponiya va Janubiy Koreya hisoblanadi.

Ushbu ikki davlat Yevropada talab ortib borayotgani sababli, yil oxirida narxlari tushib ketishidan qo‘rqib, qish oylarida va undan keyingi davrda yetkazib berishni ta’minlashga intilmoqda.

Osiyoning kuchayib borayotgan raqobati dengiz orqali yirik tankerlarda jo‘natiladigan suyultirilgan gazga (LNG) talab yuqori bo‘lgan bir paytda yuz bermoqda.

Buning sababi Yevropa Rossiyadan quvurlar orqali yetkazib beriladigan tabiiy gazni almashtirishga harakat qilmoqda.

 

Yevropada tabiiy gaz narxi o‘tgan yilga nisbatan deyarli besh baravar ko‘tarildi, bu esa iste’molchilar uchun energiya xarajatlarini keskin oshirdi va kommunal kompaniyalarga og‘riqli zarba berdi.

Trident LNG gaz kompaniyasining savdo va maslahat bo‘limi boshlig‘i Tobi Kopsonning aytishicha, Yaponiya va Janubiy Koreya kompaniyalari tomonidan noyabr, dekabr va yanvar oylarigacha bo‘lgan LNG sotib olish bo‘yicha juda katta faollik kuzatilgan.

Yevropadagi narxlarning yuqoriligi savdo kompaniyalari foyda uchun u yerga LNG yuklarini jo‘natishiga sabab bo‘lmoqda.

Narxlardagi farqlar shunchalik kattaki, ba’zi hollarda Osiyoda uzoq muddatli shartnomalar bo‘yicha savdogarlar mavjud shartnomani bekor qilish va jarima to‘lashgacha borishmoqda.

Yevropada ular gazni qayta sotish orqali jarimalarni qo‘shib hisoblaganda ham yetarlicha daromad olishmoqda.

Yevropa va Osiyo AQSHdan LNG olish uchun jiddiy raqobatga kirishgan. AQSH Energetika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning dastlabki to‘rt oyida mamlakat o‘zining LNGsining 74 foizini Yevropaga eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yili o‘rtacha 34 foizni tashkil qilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bunday shaxslarning O‘zbekistonga kirishini umrbod taqiqlash kerak”. Alisher Qodirov boshqa davlatning harbiy harakatiga yollanadiganlar haqida
Madaniyat
51 yoshli xonanda Nargiz Zokirova farzand kutmoqda (foto)
Mahalliy
“Farzandlariga moddiy yordam ajratiladi, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashiladi”. Farg‘onadagi zavod vafot etgan xodimi bolalarini o‘z qaramog‘iga oldi