Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Toshkent shahri Chilonzor tumanida katta daraxtlarning ildiziga shikast yetkazilgani haqida xabar berilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, quruvchi tashkilotga nisbatan jarima belgilangan.

Foto: Chilonzor tumani hokimligi

Ko‘chadagi kamida 7 ta daraxtga shikast yetkazilgan, buning uchun quruvchi tashkilotga 261 million so‘m jarima belgilandi. Ko‘chadagi umumiy 99 ta daraxtda shikastlanish xavfi aniqlangan.

Ma’lumot uchun, faollar aralashuvidan keyin voqea joyiga bosh prokuror, Ekologiya qo‘mitasi raisi, Toshkent shahri hokimi va Prezident administratsiyasi vakillari yetib kelgan. Shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev rekonstruksiya loyihasi o‘zgartirilishini aytdi: yo‘l toraytiriladi, yashil hudud kengaytiriladi, shikastlangan daraxtlar saqlab qolinadi.
Daraxtlarni saqlab qolish uchun bor kuch-g‘ayratimizni ishga solamiz, bu birinchi marta emas, bunga allaqachon erishdik, — degan Ortiqxo‘jaev.
Ta‘kidlanishicha, daraxtlarga shikast yetkazish bo‘yicha ishni prokuratura ko‘rib chiqadi, aybdorlar jazolanadi. Hozirda ko‘chada vaziyat tinch, faollar, mutasaddilar, huquq-tartibot idoralari xodimlari muammo va uning yechimini muhokama qildi.

Chilonzor ko‘chasida ishchilar yo‘l qismini toraytirish uchun o‘rnatilgan beton ariqlarni demontaj qilishga kirishgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibining ma’lum qilishicha, rekonstruksiya qilish jarayonida daraxtlarga zarar yetkazilgani holati tashkilot tomonidan tekshirilmoqda. Natijasi haqida xabar qilinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda bank xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berish tartibi belgilandi
Mahalliy
Toshkentdagi klinikada janjal ko‘targan opa-singilga sud hukmi o‘qildi