Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Toshkent shahri Chilonzor tumanida katta daraxtlarning ildiziga shikast yetkazilgani haqida xabar berilgandi. Tuman hokimligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Foto: Telegram / Insider.uz

Chilonzor tumani hokimligi tegishli mas’ullarining ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda tuman hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Aholi dam oladigan joylar, alleyalar, sayilgohlar qurilishi ishlari davom etmoqda.

Foto: Chilonzor tumani hokimligi

Shu o‘rinda, qurilish ishlari ketayotgan ayrim hududlarda qurilish tashkiloti tomonidan daraxtlarga e’tiborsizlik qilingan holatlar ham bo‘lgan. Hozirda tumanda qurilish ketayotgan hududlardagi daraxtlarning holati o‘rganilib, tuman ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish bo‘limi mas’ullari tomonidan nazoratga olingan.

Foto: Chilonzor tumani hokimligi

Bu borada aholining jamoatchilik nazoratiga ham e’tibor qaratilib, kelib tushgan murojaatlar tezda o‘rganilmoqda va zaruriy choralar ko‘rilmoqda.

Foto: Chilonzor tumani hokimligi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarga ko‘ra, voqea joyiga bosh prokuror, Ekologiya qo‘mitasi raisi, Toshkent shahri hokimi va Prezident administratsiyasi vakillari yetib borgan.

Foto: Telegram / Insider.uz

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda bank xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berish tartibi belgilandi
Mahalliy
Toshkentdagi klinikada janjal ko‘targan opa-singilga sud hukmi o‘qildi