Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Samarqand viloyati Jomboy tumanida 74 yoshli ayolga tug‘ilganlik haqida guvohnoma berildi.

Foto: Samarqand viloyati adliya boshqarmasi

Ma’lum qilinishicha, jomboylik Oftob aya Ortiqova 74 yilini shaxsini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish orzusida o‘tkazdi. Eshigini taqillatib borgan mas’ullar esa ishni paysalga solishgan. O‘z haq-huquqlarini bilmagan, huquqiy savodxonligi bo‘lmagan oddiy bir ayol shu asnoda 70 yildan oshiq vaqtni kutish bilan o‘tkazdi.

Buning oqibatida fuqaro na pasport ololdi, na pensiyaga chiqoldi. Jomboy tuman adliya bo‘limining FHDY bo‘limiga murojaat qilgach, masala qisqa fursatda ijobiy hal bo‘ldi. FHDY bo‘limi mudirasi G.Bahriddinova boshchiligida 1948-yilda tug‘ilgan Oftob aya Ortiqovaning tug‘ilgani muddatini o‘tkazib qayd qilinib, guvohnoma rasmiylashtirilib berildi.

Fuqaro endi ushbu guvohnoma asosida shaxsini tasdiqlovchi pasport olib, pensiyaga chiqishni rejalashtirgan.

Tahlillarga ko‘ra, FHDY bo‘limi tomonidan 2022-yilning o‘tgan 6 oyida 2311 ta tug‘ilish qayd qilingan bo‘lib, shundan 40 tasi muddatini o‘tkazib qayd qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda bank xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berish tartibi belgilandi
Mahalliy
Toshkentdagi klinikada janjal ko‘targan opa-singilga sud hukmi o‘qildi