Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 2022-yilning shu davriga qadar sodir etilgan piyodalar bilan bog‘liq qoidabuzarlik haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyatida piyodalar ishtirokida yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida olib borilayotgan profilaktik suhbatlar bilan bir qatorda avtomobil yo‘llarida qoidabuzarlik sodir etayotgan piyodalarga choralar ko‘rilmoqda.
O‘tgan 7 oy mobaynida 30 712 nafar piyodalarga yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Izoh (0)