Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Chilidagi Alkaparoza mis koni yaqinida ulkan o‘ra paydo bo‘ldi. Bu esa kon rahbariyati ishni vaqtincha to‘xtatishga majbur qildi, deb yozmoqda La Razon.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Kanada kompaniyasi mis qazib oladigan Alkaparoza koni yaqinida chuqurlik birinchi marta dam olish kunlari aniqlangan. Dastlab o‘raning diametri 25 metrni tashkil etgan bo‘lsa, 1-avgustga kelib u 32 metrga yetdi. O‘raning chuqurligi 64 metrdan ortiq deb baholanmoqda.

Chili hukumati o‘rani o‘rganish uchun Milliy geologiya xizmati xodimlarini yubordi. Hozircha mutaxassislar yerda teshik paydo bo‘lishini konchilik bilan bog‘liq, deb ayta olmayapti. Ularning so‘zlariga ko‘ra, o‘ra kondan “sezilarli masofa” — taxminan 200 metr uzoqlikda joylashgan.

Konni boshqaradigan Lundin Mining kompaniyasi ma’lum qilishicha, ishchilar va yaqin atrofdagi aholi jabrlanmagan. Eng yaqin turar joy binosi o‘radan 600 metr uzoqlikda, eng yaqin aholi punkti esa undan bir kilometr uzoqlikda joylashgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi