Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kongo Demokratik Respublikasidagi barqarorlik missiyasi a’zolari Uganda bilan chegarada o‘t ochdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

BMT mamlakat sharqida tashkilotga qarshi norozilik namoyishlari chog‘ida bir necha kishi halok bo‘lgani va keskinlik kuchaygani, shundan so‘ng BMT tinchlikparvar kuchlari o‘t ochgani, buning oqibatida esa ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar qilgandi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bu xabardan g‘azablanganini va odamlarning o‘limidan tashvishda ekanini aytdi. Missiya veb-saytidagi bayonotda aytilishicha, Guterrish  “aybdorlarni javobgarlikka tortishni” talab qilgan.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

BMT missiyasi bayonotiga ko‘ra, bu safar tinchlikparvar kuchlarning aralashuv brigadasi askarlari ta’tildan qaytayotganda Uganda bilan chegara postida tushunarsiz tarzda o‘t ochgan va uni yorib o‘tgan. Kazandidagi Shimoliy Kivu gubernatori matbuot kotibi Bartelemi Kambale Sivaning aytishicha, sakkiz kishi, jumladan ikki politsiyachi og‘ir yaralangan.

“Hukumat BMT tinchlikparvar kuchlari bilan birgalikda bunday jinoyat sabablarini aniqlash va qonunbuzarlarga qattiq jazo tayinlash uchun tergov boshladi”, — dedi hukumat matbuot kotibi Patrik Muay.

BMT Bosh kotibining Kongo bo‘yicha maxsus vakili Bintu Keyta gumondorlar qo‘lga olinganini bildirib, sud jarayonini boshlash uchun askarlar kelib chiqqan mamlakatlar bilan aloqa o‘rnatilganini aytdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Kongo Demokratik Respublikasi hukumati vakili Patrik Muayaning aytishicha, hibsga olingan askarlar tergov tugaguniga qadar BMT tinchlikparvar missiyasidan chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, Kongo Demokratik Respublikasining sharqiy mintaqasida 120 dan ortiq turli qurolli guruhlar faoliyat yuritadi. BMT Kuzatuvchilar missiyasi birinchi marta 1999-yilda ishga tushirilgan. 2010-yilda bu missiya BMTning Kongoda barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha tinchlikparvar missiyasiga aylandi va hujum operatsiyalariga ruxsat berish vakolatiga ega bo‘ldi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

O‘tgan hafta mamlakat sharqidagi Goma va Butembo shaharlarida missiyaga qarshi namoyishlar zo‘ravonlikka aylandi, chunki g‘azablangan mahalliy aholi BMT tinchlikparvar kuchlari mahalliy aholi xavfsizligini ta’minlay olmayotgani uchun norozilik bildirdi. Namoyish paytida 19 nafardan ortiq odam, jumladan, BMT missiyasining uch a’zosi halok bo‘ldi. Namoyishchilarning ba’zilari BMT missiyasi xodimlarining ularga qarata o‘t ochishi oqibatida halok bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi