Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Xonanda Hulkar Abdullayeva sahifasiga yangi suratini joyladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva taxminan 156 ming dollar turuvchi Mercedes G-Class AMG 63 avtomobiliga qimmatbaho raqam taqqanini namoyish qildi.

Aktrisa Zarina Nizomiddinova Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida tushgan suratini muxlislariga ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Asal Shodiyeva unga imij yaratish jarayoni qanday kechishi aks etgan videoni namoyish qildi.

Yulduz Rajabova Turkiyada tushgan surati bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Qiziqchi, o‘nta farzandning otasi Valijon Shamsiyev yana farzand ko‘rish niyati borligini ma’lum qildi.

Xonanda Ruxshona sahifasiga bir nechta suratlarini joyladi va obunachilaridan ularga qaysi biri yoqqanini so‘radi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Shahzoda Muhammedova ish joyiga borgani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.

Bollivudning dunyoga mashhur yosh, iste’dodli aktrisalaridan biri Aliya Bhatt yangi surati bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Xonanda Shohruxxon to‘ng‘ich o‘g‘li Muhammadyusuf bilan birga tushgan videosini muxlislariga namoyish qildi.

Bundan tashqari, u qiymati 135 ming dollarlik Lexus LX 570 avtomobilini muxlislariga ko‘rsatdi.

Dilso‘z yangi suratini sahifasiga joyladi va obunachilariga gulning go‘zalligi urug‘idan, insonning go‘zalligi esa qalbidan boshlanishini aytdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Jahongir Poziljonovning yangi klipida mashhur instabloger Dili.me, “Million” kulgi jamoasining a’zosi Mo‘min Ibrohimov, aktyor Asqar Hikmatov, “Aristokratlar” kulgi jamoasining a’zosi Jahongir Xo‘jayev va boshqa mashhur bloger hamda aktyorlar suratga tushmoqda.

Aktyor Tohir Saidov Turkiyaning Istanbul shahrida yangi serialning ijodiy jamoasi bilan tushgan suratini muxlislariga ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Nilufar Usmonova yangi libosini muxlislariga ko‘rsatdi. Libosning uslubi Disney malikalarining libosini eslatadi.

Vohidjon Isoqov teleboshlovchi Samandar Hamroqulov va “Qalpoq” kulgi jamoasining a’zosi Rahmonali Suropov bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Sitora Farmonova to‘y xizmatlarining birida Gulsanam Mamazoitovaning qo‘shig‘iga raqsga tushdi. Ushbu holat aks etgan video xonandaning fan akkauntiga joylashtirildi.

“Jurnalist” serialining ikkinchi mavsumida rol ijro etgan aktrisa Farangiz Xoliqova hijobini yechganini ma’lum qildi va muxlislariga ro‘mol har bir qizga yarashishini, birovning o‘tmishi haqida bilmasdan turib fikr yuritmaslik kerakligini, kun kelib Alloh rizosi uchun yana hijob o‘rashini aytdi. Aktrisa shundan so‘ng sahifasida izoh yozishni o‘chirib qo‘ygan.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Lola Toshkentdagi restoranlarning birida konsert berdi. Uning muxlislari xonandaning xit taronalarini birgalikda ijro etdi.

Shahlo Zoirova sahifasiga yangi suratini joyladi va shunchaki o‘tirib dam olishni istayotganini aytdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi