Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Markaziy bankning Finlit loyihasi lombardlardan qanday mikroqarz olish mumkinligi haqida ma’lumot berdi.

Foto: Depositphotos

Foto: Depositphotos

Mikroqarz olish uchun lombardga qimmatbaho mol-mulkni taqdim etiladi.

Bunda pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat, shuningdek qarz oluvchining faoliyati va daromadlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar ham talab etiladi.

So‘ng, garovga qo‘yiladigan mol-mulk baholanadi va mijoz mikroqarz shartnomasining umumiy shartlari bilan tanishtirib chiqiladi.

Shartlar ma’qul kelsa, mikroqarz shartnomasi imzolanadi.

Bunda mijozga pul mablag‘lari va ikkita hujjat beriladi: mikroqarz shartnomasining va garov kartasi.

Lombard garovga qo‘yilgan mulklardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga haqli emas.

So‘nggi besh yil davomida lombardlar soni esa 30 taga ortib, hozir  76 ta lombard aholi va tadbirkorlarga mikromoliyaviy xizmat ko‘rsatmoqda.

Joriy yilda lombardlar aktivlari 35 foizga yoki 60 mlrd so‘mga ko‘payib, umumiy 231 mlrd so‘mga yetgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Hayot bizni sinovga tashladi”. Sobiq “Ummon” guruhining xonandasi Jasur Rafiqovning saratonga chalingani aytilmoqda
Dunyo
Rossiyada safarbarlikdan bosh tortish bo‘yicha birinchi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Dunyo
Shimoliy Koreya o‘zining raketa sinovlarini AQSH va Janubiy Koreya mashg‘ulotlariga “adolatli javob” deb atadi