Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avval xabar berilganidek, 25-iyun kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Unga ko‘ra, tarixiy, ma’naviy, madaniy va tabiiy meros davlat muhofazasida ekani Bosh qomusimizda belgilab qo‘yilmoqda.

“Davlat va jamiyat milliy qadriyatlarni himoya qilish, O‘zbekiston xalqi ma’naviy va madaniy merosining uzluksizligini ta’minlash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi”, — deyiladi 49-moddaga kiritilayotgan o‘zgarishda.

Prezident tomonidan Konstitutsiya kuni bayrami munosabati bilan yo‘llangan tabrikda “Konstitutsiyani isloh qilish bo‘yicha ko‘rsatib berilgan 9 ta yo‘nalishning to‘rtinchisi, ya’ni Bosh qomusimizda ezgu insoniy qadriyatlarimizni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish vazifasidan ham kelib chiqadi” deyilgan.

O‘zbekistonning tabiiy merosini saqlash va uning kelgusi avlodlarga bezavol yetkazilishini ta’minlash, tabiiy ekologik tizimlarning tanazzulga uchrashi sur’atlarini pasaytirish va bioxilma-xillikni saqlab qolish maqsadida 49-moddaga fuqarolarning majburiyati sifatida tabiiy merosini avaylab asrashni ham kiritish taklif etilmoqda.

Xalqimizning boy tarixi va madaniy merosini muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish, targ‘ib qilish va boyitib borish borasida mamlakatimizda qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida” hamda “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlari qabul qilindi. Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risida konvensiya ratifikasiya qilindi.

Ushbu konvensiya doirasida Xiva, Buxoro, Samarqand va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar