Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda “Daryo”ga Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshloq tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda fuqaro SH.N. Qo‘qon davlat pedagogika instituti sirtqi bo‘limi uslubchisi D.A. bilan o‘zaro til biriktirib, fuqaro SH.ni Farg‘ona davlat universitetining boshlang‘ich ta’lim fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Evaziga 11 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikalik milliarderning terrorchiga aylangan nabirasi, Atlantikada to‘qnashib ketgan ikki suv osti kemasi va AQSHning birinchi prezidentiga aylangan Vashington.
Dunyo
Fransiyada poyezdda ketayotgan yigit o‘zini portlatib yuborish bilan tahdid qildi
Sport
“Barselona” MLS vakilini ro‘yxatdan o‘tkazishda 18 soniya kech qolgan