Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Antimonopoliya qo‘mitasi metan gazi narxlarini sun’iy ravishda oshirgan gaz quyish shoxobchalariga chora ko‘rilishini ma’lum qilgach, Andijondagi gaz quyish shоxobchalarida metan gaz narxi 1900 so‘mgacha tushdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyuldagi qaroriga muvofiq yuridik shaxslar uchun tabiiy gaz va elektroenergiya uchun tariflar oshirilishi vaqtinchalik to‘xtatilgandi. Shunga qaramay, ayrim gaz quyish shoxobchalarida 15-iyuldan boshlab metan gazi narxi oshirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi holatga munosabat bildirib, hukumat qaroriga ko‘ra, gaz quyish shoxobchalari uchun mahsulotlarni sotish narxlari oshmagani va bir xil darajada saqlanib qolganini metan narxini oshirishning obyektiv sabablari yo‘qligini ma’lum qildi. Shundan so‘ng Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor o‘rganish ishlari natijalarini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

“Daryo”ning Andijon viloyatidagi muxbiri viloyatdagi gaz quyish shoxobchalarida bo‘lib, bugungi kundagi narxlar bilan qiziqdi.

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Aniqlanishicha, Andijon shahrida faoliyat yuritayotgan aksariyat shoxobchalarda 1 kub metr gaz 2500 so‘mdan sotilmoqda.

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Andijon—Shahrixon avtomobil yo‘nalishidagi shoxobchalarda esa 2000 so‘mdan 2300 so‘mgacha sotilmoqda. 15-iyul kuni boshqa joylarda narx oshishiga qaramasdan narxni 2300 so‘mgacha tushirib, aksiya o‘tkazishni boshlagan Andijon—Xonobod avtomobil yo‘lida gaz quyish shoxobchalari esa raqobatni kuchaytirgan.

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Ushbu shoxobchalardan biri 16-iyul kuni 1 kub metr gaz narxini dastlab 2300 so‘mdan sotgan, qo‘shni shoxobchada esa 2250 so‘mdan sotilgan, 17-iyul kuni esa 2000 so‘mga tushirgan. 2250 so‘mdan gaz sotgan shoxobcha esa 17-iyul kuni 1 kub metr gaz narxini 1990 so‘mdan sota boshlagan.

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Ushbu raqobatga qo‘shilgan Jalaquduq tumanidagi shoxobchalardan biri esa narxni 1900 so‘mga tushirib, mijozlarni jalb qilishga kirishgan.

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Shoxobchalardagi narxlar tushishi davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova