Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2022-yilning iyun oyida ham so‘mning real samarali almashuv kursi may oyiga nisbatan qariyb 0,2 foizga qadrsizlandi. Bu haqda Markaziy bank sharhidan ma’lum bo‘ldi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Real samarali almashuv kursi tashqi savdo aylanmasi, inflyatsiya darajasi va asosiy savdo hamkorlarining valyuta kurslaridagi o‘zgarishlarni aks ettiruvchi ko‘rsatkichdir.

Iyun oyidagi real samarali almashuv kursining qadrsizlanishi asosan savdo-hamkor davlatlar inflyatsiyasining yuqori sur’atlarda o‘sishining saqlanib qolishi va valyuta kursidagi o‘zgarishlarning ta’siri bilan ifodalanadi, — deydi Markaziy bank.

So‘mga boshqa davlatlar valyuta kurslari o‘zgarishi ta’sir qiladi.

Rossiya rubli iyun oyida 11,9 foizga mustahkamlandi. Asosiy sabab — valyutaga nisbatan talabning pastligi va neft narxlarining yuqoriligi.

Qozog‘iston tengesi 3,5 foizga qadrsizlandi. Bu asosan valyuta taklifining cheklangani, yirik kompaniyalar tomonidan dividendlarni repratatsiya qilinishi bilan izohlanadi.

Qozog‘iston markaziy banki 6-iyunda asosiy stavkani 14 foizda saqlab qoldi. 

Turk lirasi 8,6 foizga qadrsizlandi. Inflyatsiyaning yuqori darajada saqlanib qolayotgani hamda neft mahsulotlarining qimmatlashishi Turkiya pul birligiga salbiy bosim o‘tkazmoqda.

Iyun oyida Xitoyda yuan kursi deyarli o‘zgarishsiz qoldi.

2022-yil iyun oyida asosiy savdo-hamkor davlatlarning deyarli barchasida inflyatsiya ko‘rsatkichi o‘sishda davom etdi, — deyiladi Markaziy bank sharhida.

Rossiyada oylik inflyatsiya 0,35 foiz darajada sekinlashdi. Yillik inflyatsiya esa 15,9 foizni tashkil qilmoqda. 

Qozog‘istonda oylik inflyatsiya 1,6 foizni tashkil etib, yillik hisobda 14,5 foizga yetdi. Iyun oyida inflyatsiyaning oshishiga nooziq-ovqat mahsulotlari narxining qimmatlashishi sezilarli hissa qo‘shdi

Turkiyada oylik inflyatsiya 4,95 foizga yuqorilab, yillik hisobda 78,6 foizgacha o‘sdi. Narxlar o‘sishiga, asosan, oziq-ovqat mashulotlari hamda import mahsulotlari katta hissa qo‘shgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Guruhlarda hazil yoki kinoya qilib aytgan gaplarimni ham chiqarib yuboradigan jurnalistlar bor” — Shohrux G‘iyosov
Mahalliy
“Ko‘pchilik meni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblaydi” — Shohrux G‘iyosov jurnalist va blogerlarning o‘ziga munosabati haqida gapirdi
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi