Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

1-2-iyul kunlari Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida sodir bo‘lgan tartibsizliklar natijasida harbiy avtobuslar, tinch aholining mashinalariga ham zarar yetgan. Xususan, Navoiy viloyatidan Qoraqalpog‘istonga yuk mashinasini haydab kelgan Iskandar Ikromovning mashinasi ham tartibbuzarlar tomonidan yoqib yuborilgan.

Iskandar Ikromov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda ushbu voqea qanday sodir bo‘lganini aytib berdi.

Men Navoiydan 1-iyul kuni tushdan so‘ng Nukus shahriga kirib keldim. Mashinamda maktab qurilishiga zarur bo‘lgan plitalar bor edi. Manzilimga borib, telefon qilishib, yo‘lga chiqmasligiizni, yo‘llar yopilganini, to‘palon boshlanganini aytishdi. O‘sha kuni joyimizda qoldim.

Yuk mashinasining hozirgi holati

Yuk mashinasining hozirgi holati
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2-iyulga o‘tar kechasi soat 12:00 lar atrofida biz turgan joyga ko‘pchilik bo‘lib kelishdi. Mashinamni ochishni aytishdi, ochdim, hech narsa yo‘q edi. Millatimni so‘rashdi, o‘zbek dedim. Keyin ular so‘kinib ketdi. “Mashinani chiqarib, yo‘lni yopamiz, bo‘lmasa yondiramiz”, deyishdi, men mashina yonmasligini aytdim. U esa o‘zim yondiraman deb mashinaning rul tomoniga o‘zi o‘tirdi. Haydolmaganidan keyin tushib, menga qarab “o‘zing o‘tirasan rulga” deyishdi. 10 metr yurganimizdan keyin yana tushirdi, tushmoqchi bo‘lganimda sheriklaridan biri o‘rtaga tortdi. Mashinada 4 kishi bor edi. Boshqa odamlar esa mashinaning yonidan ketdi. Mashinani esa yo‘lga olib chiqdi va to‘sib qo‘ydi yo‘lni.

Yuk mashinasining hozirgi holati

Yuk mashinasining hozirgi holati
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

U yerda meni ham mashinadan tushirib, aholi to‘plangan joyga borishim kerakligi, ularga qo‘shilishimni aytdi. Mashinaning chetiga o‘tganimda notanish odamlardan biri bu atroflardan qochishimni maslahat berdi va yo‘ldan chetga o‘tkazdi. Shunday qilib men qochdim. Mashina yongan vaqtida esa yo‘q edim u yerda.

Yuk mashinasining hozirgi holati

Yuk mashinasining hozirgi holati
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘sha odamlarning qo‘llarida turli narsalar bor edi. Tayoq, dubinka va hokazo. O‘zimni urishmadi, lekin tepishdi, haqorat qilishdi.

Ertalab soat 6:00 larga yaqin borsam mashinani yoqib yuborishibdi, kul bo‘libdi, hujjatlarim ham yoqib ketgan. Ariza yozib berdik, zararni qoplab berishlaridan umid qilaman.

Iskandar Ikromov, haydovchi

Nukus voqealari xronologiyasi

1-iyul kuni soat taxminan 15:00 lardan boshlab Nukusda ayrim fuqarolar amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni noto‘g‘ri talqin qilib, kutilmaganda ko‘cha yurishlarini tashkil qildi. Nukusning Markaziy dehqon bozorida to‘planib, namoyishlar uyushtirildi. Jamoat tartibining buzilishining oldini olish hamda fuqarolar tomonidan turli tartibbuzarliklarni sodir etishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida dehqon bozori hududiga huquqni muhofaza qilish organlarining kuch va vositalari jalb etildi.

Shavkat Mirziyoyev 2-iyul kuni Nukusga bordi va Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari, Qoraqalpog‘iston faxriylari va faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda prezident Konstitutsiyaning Qoraqalpog‘istonga tegishli moddalarini amaldagi tahrirda o‘zgarishsiz qoldirish zarurligini aytdi. Qoraqalpog‘iston xalqiga murojaat qilib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi referendumdan keyingina qonuniy tusga kirishini aytib, fuqarolarning xohish-irodasi, taklif va fikrlaridan kelib chiqqan holda, ushbu loyiha o‘zgarib, takomiliga yetkazilishini ta’kidladi.

“Nega menga telefon qilib aytmading odamlar norozi bo‘layotganini? Menga ham Qoraqalpog‘istonning ertasi, tinchligi kerak”, — degan Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari hozirgi vaziyatda barcha fuqarolarni hamjihatlik va birdamlikka, oqilona ish ko‘rishga, turli g‘arazli chaqiriq va harakatlarga berilmaslikka da’vat etdi.

Shundan so‘ng  prezident farmoni bilan Qoraqalpog‘istonda 3-iyuldan 2-avgustgacha favqulodda holat joriy etilib, bir qator chora va vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatildi. Favqulodda holat amal qilishi davrida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi kuchlari va vositalari qo‘shimcha ravishda jalb etilishi belgilandi.

3-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev yana Nukusga borib, videoselektor o‘tkazdi. Tuman hokimlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot bergan. Davlat rahbarining murojaatidan keyin vaziyat barqarorlashgani, hayot o‘z maromiga qaytayotgani ma’lum qilindi.

4-iyul kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi “Meni Qoraqalpoqqa bosh qilib, izimdan yurishingizni so‘rayman”, deya xalqni mitingga chorlagan bloger Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuzda ayblanayotganini ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi komendanti, general mayor Rustam Jo‘rayev Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklarda 14 nafar fuqaro tartibsizliklar sodir bo‘lgan joyda turli darajadagi jarohatlardan vafot etgani, ulardan 13 nafari alkogol va giyohvand moddalar ta’sirida bo‘lganini ma’lum qildi. Shuningdek, xizmat burchini bajargan huquq-tartibot organlari xodimlaridan ham 4 nafari halok bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“100 ga yaqinidan 73 tasi yangilandi”. Dehqonoboddagi jin ko‘priklarning nechtasi yangilanganiga aniqlik kiritildi (video)
Sport
Lionel Messi MLS’ga o‘tsa, liga klublari futbolchining maoshini to‘lashga yordam berishga tayyor
Mahalliy
O‘zbekistonda fevral oyida 25 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlari aniqlandi