Toshkent shahri Sergeli tumanida MCHJga tegishli qurilish mahsulotlarini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda E.S. MCHJ sobiq ombor mudiri A.Sh. va boshqalar korxona rahbarining xabardorligisiz 641 million so‘mlik beton mahsulotlarini sotib yuborib, pul mablag‘larini kirim qilmasdan o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksning 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga doir:
- Toshkentda aholidan majburan yig‘ilgan 275 mln so‘m badal pullarini talon-toroj qilgan shirkat rahbarlari ushlandi
- Navoiyda 150 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘i talon-toroj qilingani aniqlandi
- Samarqandda 830 mln so‘mdan ortiq imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan jamiyat rahbari aniqlandi