Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Navoiy viloyatining Karmana tumanida issiqxona qurish maqsadida ajratilgan 150 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘i talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ATB “Mikrokreditbank” Karmana filialining murojaatiga asosan departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruvda o‘tkazilgan.

Tekshiruv davomida aniqlanishicha, “K.Y.” ishlab chiqarish korxonasi rahbari N.J. va “K.D.” MCHJ mas’ul shaxslari bankdan zamonaviy issiqxona qurish maqsadida ajratilgan 150 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini “K.D.” MCHJ hisob-raqamiga o‘tkazish orqali naqdlashtirib, talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda tezlik pasaytirilishi kutilmoqda
Mahalliy
“O‘zbekona urf-odatlarga to‘g‘ri kelmaydigan raqs”. Navoiyda raqsga tushgan qizlarning ota-onalariga chora ko‘rildi (video)
Dunyo
Alla Pugachyova farzandlari bilan birgalikda Rossiyani tark etdi