Davlart statistika qo‘mitasiga ko‘ra, O‘zbekistonda 35 million aholi bo‘lsa, 27,2 milliondan ortig‘i internet xizmatidan foydalanadi. Internet katta axborot manbayi bo‘lib, u orqali istalgan ma’lumotni topish mumkin. Umuman olganda, internet hamda ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning ajralmas bo‘lagiga aylanib ulgurgan.
“Daryo” poytaxtliklarning bir kunda ijtimoiy tarmoqlarga necha soat vaqt ajratishi borasida kichik so‘rovnoma o‘tkazdi.
So‘rovnomada ishtirok etganlarning ko‘pchiligi ijtimoiy tarmoqlarda faol ekanini aytdi.
Yoshi katta qatlam bir kunda ijtimoiy tarmoq uchun 2-3 soat vaqt sarflashini ta’kidlagan bo‘lsa, yoshlar 8-9 va undan ham ko‘proq vaqt internetda o‘tkazishini aytdi.
Shuningdek, internet xizmatlaridan mutlaqo foydalanmasliklarini aytganlar ham bo‘ldi.
Mavzuga doir: