Angliyaning uchta klubi “Bavariya” vingeri Serj Gnabriga qiziqish bildirmoqda.
“Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” Gnabriga qiziqish bildirmoqda, “Arsenal” esa voqealar rivojini kuzatmoqda.
Bu Serjning London klubi qisqa ro‘yxatidan joy olganini anglatmaydi, ammo “kanonirlar” “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti”ning ushbu yo‘nalishdagi harakatlarini kuzatmoqda. Ikki jamoadan biri vingerning transferi ustida ish boshlasa, “Arsenal” kurashga qo‘shilishga tayyor. Serj 2012-yildan 2016-yilga qadar londonliklar sharafini himoya qilgan.
Gnabrining “Bavariya” bilan shartnomasi 2023-yilda o‘z nihoyasiga yetadi. 26 yoshli futbolchi myunxenliklarning yiliga 19 million yevrolik yangi shartnomasini rad etgan.
Germaniyalik vinger 2021/22-yilgi mavsum nemis jamoasida 45 ta o‘yinda ishtirok etib, 17 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.