“Barselona” prezidenti Xoan Laporta Krishtianu Ronalduning ehtimoliy transferi haqida gapirdi.
Portugaliyalik futbolchining agenti Jorje Mendesh “ko‘k-anorranglilar” rahbari bilan uchrashib, vaziyatni muhokama qilgan.
“Men aniq bir futbolchi haqida gapirmayman, bu ‘Barselona’ manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi.
Haqiqatan ham Mendesh bilan uchrashdim. U turli o‘yinchilarning agenti hisoblanadi, shuning uchun u bilan suhbatlashish va bozorda nimalar bo‘layotganini tushunish har doim ajoyib”, — deydi Laporta.
Avvalroq Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ning 3-kungi mashg‘ulotlarini ham o‘tkazib yuborganligi xabar qilingandi. Futbolchi kelajagi borasida aniq qaror qabul qilgani yo‘q.