“Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong nega hamon “Manchester Yunayted”ga o‘tmayotgani sababi aniq bo‘ldi.
“Barselona” futbolchini 65 million yevroga sotishga rozi bo‘ldi, undan tashqari kataloniyaliklar 25 million yevro bonus sifatida olish mumkin.
The Telegraph’ning yozishicha, kataloniyaliklar 25 yoshli futbolchiga o‘tgan mavsumdagi maosh va bonuslar bo‘yicha qarzdor. De Yong pandemiya sababli to‘lovlarni kechroq olishga rozi bo‘lgan. Shuning uchun niderlandiyalik futbolchining mankunianliklar safiga o‘tishida muammolar yuzaga kelmoqda.
Manbaga ko‘ra, yarim himoyachining maoshi yiliga 14 million yevroni tashkil etadi.
2020/21-yilgi mavsumda u maoshidan 11 million, 2021/22-yilgi mavsumda esa 5 million kechiktirilishiga rozi bo‘lgandi. Shu tariqa kataloniyaliklar Frenkiga 16 million yevro to‘lab berishiga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, “ko‘k-anorranglilar” de Yongdan 4 million yevro miqdoridagi bonus qarzi ham bor. Ushbu to‘lov futbolchi ikki mavsum davomida jamoaning kamida 60% o‘yinida ishtirok etganligi uchun beriladi.