“Chelsi” “Manchester Siti” vingeri Rahim Sterling transferi bo‘yicha yakuniy bosqichga o‘tdi.
The Independent nashrining xabariga ko‘ra, “ko‘klar” angliyalik futbolchi uchun 45 million funt to‘lab beradi. Undan tashqari “shaharliklar” 10 million funt bonus sifatida olishi mumkin. Hozirda London klubi transferning so‘nggi tafsilotlari bo‘yicha ishlamoqda.
27 yoshli futbolchini yangi jamoa shartlari qoniqtirmoqda. Rahim “Chelsi” bilan birga AQSHdagi yig‘inga birga borishi kutilmoqda.
Sterling Tomas Tuxel qo‘l ostida to‘p surishni istamoqda.
“Manchester Siti” futbolchini jamoada qolishini xohlaydi, biroq Sterling ketish istagida. Xabarlarga ko‘ra, Rahim o‘z oldiga “Oltin to‘p” olishni maqsad qilgan.
Ingliz futbolchisi londonliklar tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchiga aylanishi mumkin.