“Barselona” prezidenti Xoan Laporta Robert Levandovskiga rasmiy taklif yuborilganini aytib o‘tdi.
Levandovski borasida taklif yubordik, endi “Bavariya”dan javob kutyapmiz. Ko‘ramiz, ijobiy javob bo‘larmikan.Avvalroq 33 yoshli hujumchining o‘zi Myunxen klubini tark etayotganini ma’lum qilgandi.“Barselona”ga o‘tish uchun qilayotgan harakatlari uchun futbolchiga rahmat aytmoqchiman. “Bavariya” taklifimizni hurmat qiladi va ular tomondan munosabat kutamiz.
Xoan Laporta, “Barselona” prezidenti
Robert Levandovski 2021/22-yilgi mavsum “Bavariya” safida barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 46 ta golga mualliflik qilgan.