“Bavariya” Matteys de Ligt borasida “Yuventus”ga taklif yubordi.
Jurnalist Alfredo Pedullining xabariga ko‘ra, myunxenliklar himoyachi uchun 75 million yevro va 5 million yevro bonus sifatida to‘lamoqchi.
Turinliklar kafolatlangan narx 90-100 million yevro bo‘lishini talab qilmoqda.
“Bavariya” de Ligtning o‘zi bilan ham shartnoma borasida muzokara olib bormoqda. Nikolo Skiraning yozishicha, myunxenliklar futbolchiga yiliga 12 million yevro maosh va’da qilmoqda.
Avvalroq “Chelsi” va “Manchester Yunayted” Matteys de Ligtga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Niderlandiyalik 2021/22-yilgi mavsum turinliklar safida barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.