“Paxtakor” futbol klubi bosh murabbiy Slavche Voyneskini iste’foga chiqardi.
Toshkent klubi matbuot xizmatining yozishicha, shimoliy makedoniyalik mutaxassis bilan “Paxtakor” o‘rtasidagi shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan. Yangi bosh murabbiy nomi tez kunlarda ma’lum qilinishi qo‘shimcha qilingan.
47 yoshli mutaxassisning “sherlar” bilan shartnomasi 2022-yil oxiriga qadar mo‘ljallangandi. Shuningdek, bitim tomonlarning xohishi bilan mavsum davomida uzaytirilishi mumkin bo‘lgan. Voyneskining oldiga “Paxtakor” bilan ichki musobaqalarda g‘oliblikka erishish vazifasi qo‘yilgani aytilgandi.
Qayd etish kerak, “Paxtakor” Voyneski murabbiyligida OCHLda guruh bosqichida qolib ketdi. Superligada esa 12 o‘yindan so‘ng 23 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.
Avvalroq klub sport direktori Ja’far Irismetov hamda texnik direktor Sobir Hodiyev jamoa bilan xayrlashgandi. Ularning o‘rniga Maksim Shatskix ish boshlagan.
Izoh (0)