Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Vaqt o‘tishi bilan divan va kreslolar, ayniqsa, mehmonxonada joylashgani tez kirlanadigan bo‘lib qoladi. “Noviy ochag” nashri ularni qoplamasiga zarar yetkazmay qanday tozalash kerakligi haqida ma’lumot beradi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Changyutgich

Divandagi dog‘ va kirlarni ketkazishdan oldin yostiqlarini ham yaxshilab changdan tozalash kerak. Bu changyutkichning eng uzun cho‘tkali dumaloq nasadkasi bilan amalga oshiriladi.

Agar changyutgichda yuvish rejimi ham bo‘lsa, yanada yaxshi. U kir va dog‘larni ketkazadi, faqat qoplamaga zarar bermaslik uchun uni minimal quvvatga o‘rnatish kerakligini unutmang.

Osh sodasi

Divan qoplamasini osh soda bilan yuving, uni astalik bilan yuzaga seping. Buni kichik elakda qilish qulayroqdir.

Agar matoda yoqimsiz hid bo‘lsa, sodaga bir necha tomchi o‘zingiz yoqtirgan efir moyini qo‘shishingiz mumkin. Sodani qoplamada bir-ikki soatga qoldiring va keyin qoplamani changyutkichda yaxshilab tozalang. Sodani ho‘llash va qoplamani latta bilan artish shart emas, bu yuzada dog‘lar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin, natijada ho‘l sodani changyutgich bilan ketkazish qiyin bo‘ladi.

Choyshab

Yig‘ilgan chang va yoqimsiz hidlarni nam choyshab yordamida ketkazish mumkin. Choyshab bilan divanni yoping, so‘ngra gilam qoqgichni olib, barcha yuzalarga uring. Chang choyshabga tushadi va qoplama tozalanadi.

Soqol oladigan ko‘pik

Qoplamadagi alohida dog‘lar soqol olishda ishlatiladigan ko‘pik yordamida yaxshi ketadi, ular ifloslangan yuzaga surtilishi va bir muddat qoldirilishi kerak.

Nashatir spirti

Bu yog‘li dog‘larni ketkazishga yordam beradi. Yarim litr suvga 1 choy qoshiq ammiak va 2 choy qoshiq limon sharbati qo‘shing. Gubkani eritma bilan namlang va dog‘ni artib oling.

Vodorod peroksid

Divandagi sharob dog‘ini ketkazish uchun vodorod periks va suyuq sovunni 1: 2 nisbatda ishlating. Dog‘ni arting, qirralardan markazga qarab ishqalang va bir necha daqiqa kuting. Ortiqcha suyuqlik divanning ichiga kirib borishi mumkin, natijada yomon dog‘lar paydo bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi