Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir beqiyos ustozligicha qolaveradi. O‘zbekiston va jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. O‘n yillar muqaddam aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, ushbu voqea-hodisalarga jamoatchilikning munosabati qanday edi — bari “Kun matbuoti tarixi” rukni materiallarida.

90 yil avval. 1932-yil 26-iyun, yakshanba

SSSR hukumati mamlakatning barcha paxta yetishtiruvchi hududlari, xususan, O‘zbekistonga paxtani 1-dekabrdan kechikmay terib olish haqida ko‘rsatma bergan:

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 26-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 26-iyun sonidan lavha

Qiziq axborot: Toshkentning Stalin tumanida “Matlubotsoyuz” tashkilotining mashinasini tuman ijroiya qo‘mitasi o‘zicha olib qo‘yib, uch oygacha qaytarmagan; tashkilotning otini esa tuman militsiyasi olib qo‘yib, to o‘lgunicha minib yurgan. Shu munosabat O‘zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi byurosi mashinani qaytarish, otning o‘limi sabablarini aniqlab, o‘lgan otning pulini to‘lab berish, aybdorlarni jazolash haqida qaror chiqargan. “Markazqo‘m partiyaning barcha raykomlarini ogohlantiradiki, bunday keyinda bunday hodisalarga yo‘l qo‘yish sira yaramaydi”, — deyiladi qarorda.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 26-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 26-iyun sonidan lavha

Dunyoda nima gap? Bavadiylar Hijoz (hozirgi Saudiya Arabistoni)ga bostirib kirgan. “Quddusdan olingan xabarlarga qaraganda, “bir necha ming badaviy Falastin tomondan Hijozning shimoliy tomoniga hujum qilib, bir necha qishloqni ishg‘ol qildi. Vahhobiylar qo‘shini talafot berib, mamlakatning ichki tomoniga, Madina sari chekinmoqda”.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 26-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 26-iyun sonidan lavha

60 yil avval. 1962-yil 26-iyun, chorshanba

Nikita Xrushchyov boshchiligidagi SSSR delegatsiyasi Ruminiyada tashrif bilan bo‘lgan. Tashrif davomida Xrushchyov, doimgidek, ko‘p ming kishilik olomon oldida nutq so‘zlagan. Bu safar u G‘arb mamlakatlaridagi “feyk-nyus”chi xabar tashkilotlarini qoralagan:

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 26-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 26-iyun sonidan lavha

1962-yil 25-iyun kuni O‘zbekiston parlamentining beshinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Unda O‘zbekiston hukumati raisi o‘rinbosari — tashqi ishlar vaziri Sarvar Azimov maktablar to‘g‘risidagi qonunning bajarilishi to‘g‘risida ma’ruza qilgan. Undagi ayrim raqamlar qiziq: 1962-yilda O‘zbekistondagi maktablar soni 6417 ta bo‘lgan, ularda 1,59 million nafar o‘quvchi tahsil olgan; oliy o‘quv yurtlaridagi talabalar soni esa 114,2 ming kishini tashkil etgan.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 26-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 26-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 26-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 26-iyun sonidan lavha

30 yil avval. 1992-yil 26-iyun, juma

Markaziy gazetalarda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning Turkistonda, Ahmad Yassaviy maqbarasida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuvi tafsilotlari e’lon qilingan. “Havoda oppoq umid qushi bo‘lib tayyora ko‘rindi. Mezbonlar aziz mehmonlarga o‘lan aytib peshvoz chiqishadi. Tug‘ishgan og‘a-inilar quchoq ochib omonlashdilar. ‘Bovurim Nursulton Abishevich, omonmisiz’, dedi Islom Karimov. ‘Xush kelibsiz, Islom og‘a’, deb bag‘riga bosdi Nazarboyev”, — deyiladi O‘zA axborotida. Unda Islom Karimovdan shunday iqtibos ham keltirilgan: “Biz, qozoq bilan o‘zbek bir-birimizni shunday qo‘llab-quvvatlaylikki, xalqlarimizning inoq-ittifoqligi barchaga namuna bo‘lsin. O‘zbek qozoq bilan qudratli, qozoq esa o‘zbek bilan iftixorlidir”.

“O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 26-iyun sonidan lavha

“O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 26-iyun sonidan lavha

1992-yil 27-iyun kuni O‘zbekiston Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif keladi:

“O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 26-iyun sonidan lavha

“O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 26-iyun sonidan lavha

25-iyun kuni O‘zbekiston parlamentida 1992-yil yanvar oyida Talabalar shaharchasida yuz bergan voqealarning sabablari va oqibatlarini o‘rganish bo‘yicha tuzilgan respublika deputatlar komissiyasining axboroti tinglangan. “Oliy Kengash Rayosatining ushbu masalaga doir qarori matbuotda e’lon qilinadi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

“O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 26-iyun sonidan lavha

“O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 26-iyun sonidan lavha

Quyidagi suratda — Mustaqillik maydoniga o‘rnatilishi kutilayotgan muvaqqat obidani loyihasini ko‘rib turibsiz. Loyiha muallifi Sobir Odilov shunday deydi: “Mustaqillik obidasi vaqtinchalik bo‘lsa ham, 4—5 yil, ya’ni munosib yodgorlik bitgunicha turishi kerak” (loyiha keyinchalik qanday ko‘rinish olgani-yu, umuman, keyin nima bo‘lganini o‘zingiz ham yaxshi bilasiz).

“Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 26-iyun sonidan lavha

“Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 26-iyun sonidan lavha

2-iyul kuni O‘zbekiston parlamentining navbatdagi sessiyasi ochiladi. Matbuotda bu sessiyada ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha takliflar e’lon qilinishi davom etmoqda. Mana, ulardan biri: “Agar mustaqillikka chiqqanimiz rost bo‘lsa, mening istagim shu: Davlat tili haqidagi qonun qaytadan X sessiya kun tartibiga qo‘yilishi kerak. Qonundagi rus tilining imtiyozlari olib tashlanishi lozim”.

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 26-iyun sonidan lavha

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 26-iyun sonidan lavha

“Toshkent oqshomi”ning yozishicha, 1991/1992 o‘quv yilida Toshkentdagi “1—5-sinflarda tahsil olgan 158 ming o‘quvchiga yangi narxda uch so‘mlik taom tekin berilgan”.

“Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 26-iyun sonidan lavha

“Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 26-iyun sonidan lavha

Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin prezidentlikdan ketsa, uning lavozimiga kim da’vogarlik qilishi mumkinligi ma’lum qilindi
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi
Dunyo
Afg‘onistonda urush boshlagan AQSH, dispetcher xatoligi sabab qulagan samolyot va Putinning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan faol jurnalist. Kun xronologiyasida 7-okta...