Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahar IIBB va DXX Toshkent shahar boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan o‘tkazilgan tadbirda terrorchilik tashkiloti g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi shaxs ushlandi.

Foto: Toshkent shahari IIBB

Foto: Toshkent shahari IIBB

Aniqlanishicha, 1990-yilda tug‘ilgan T.M. “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkiloti g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida internetning Telegram messenjerida kanal ochib virtual diniy jamoat tashkil etgan. Taqiqlangan g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi mazkur kanalga o‘zining tanishlari 1990-yilda tug‘ilgan A.D., 1991-yilda tug‘ilgan N.J., 1990-yilda tug‘ilgan N.A., 1982-yilda tug‘ilgan Sh.N.larni jalb qilib, kanal obunachilarini yanada ko‘paytirishga harakat qilgan.

T.M. Telegram kanalda “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkilotining aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan fayllarni xamda boshqa Respublika hududida taqiqlangan diniy mazmundagi ma’ruzalarni tarqatib, tashkilotga a’zo bo‘lishni da’vat qilib kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan, Jinoyat kodeksining 244-1-moddasiga (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yuqorida nomlari keltirilgan shaxslarning barchasiga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi