Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobillarning gaz balloni uchun beriladigan ruxsatnomada F1 bilan boshlanuvchi raqamlar bo‘lsa, u yaroqsiz deb topilishi va bu to‘g‘rida qaror qabul qilingani haqida xabar tarqaldi. Unda aytilishicha, ushbu qoida tez kunlarda kuchga kiradi.
Xabarda Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan metan “zapravka”da avtomobillarda muddati o‘tgan gaz ballon bilan harakatlanayotgan haydovchilarga nisbatan reyd tadbirlari o‘tkazilayotgani qo‘shimcha qilinadi. Alohida ta’kidlanishicha, foydalanishga yaroqsiz deb topilgan gaz ballonlar, ya’ni F1 bilan boshlanuvchi gaz balloni mavjud avtomobillar jarima maydoniga tortiladi.
Yuqorida keltirilgan xabarga aniqlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri Toshkent viloyati IIB axborot xizmati bilan bog‘landi. Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur xabar yolg‘on.
“Zangiota tumanida joylashgan metan “zapravka”larda avtomobil gaz ballonlarini yaroqlilik muddatini tekshirish bo‘yicha hech qanday tadbir o‘tkazilmagan” – deydi viloyat IIB mas’ul xodimi.
Mavzuga doir:
- Avtomobillarga gaz ballon o‘rnatish narxlarini ikki barobar ortib ketishi, yukxonadagi “bomba” — mutaxassis bilan suhbat
- Buxoroda xizmat avtomobiliga noqonuniy gaz ballon o‘rnatgan mansabdorlar javobgarlikka tortildi
- Farg‘onada gaz ballon tashuvchi avtomashinada yong‘in sodir bo‘ldi (video)
- Samarqandda gaz idorasidagi konditsionerdan chiqqan suyuqlik uch kishining kuyishiga sabab bo’ldi
- Oliy Majlis Senati gaz ballonlari o‘rnatilgan transportlarning xavfsizligi bo‘yicha hukumatga so‘rov yuboradi
Izoh (0)