Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Andijon viloyatining Xonobod shahrida tadbirkor xizmat vazifasini bajarayotgan MIB xodimiga qarshilik ko‘rsatib, unga benzin sepib, yoqib yuborishga urindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Qo‘rg‘ontepa tumanlararo iqtisodiy sudining 2021-yil 11-martdagi ijro varaqasiga ko‘ra, undiruvchi ATB “O‘zsanoatqurilishbank” Xonobod shahar filiali foydasiga qarzdor MCHJdan 459 million 871 ming so‘m kredit qarzdorligini undirish hamda undiruvning garov ta’minoti hisoblangan Xonobod shahar “Abdirauf Fitrat” MFY Shifokor ko‘chasida joylashgan 1410 kv/metr yer maydoniga ega xizmat ko‘rsatish bino-inshootlariga qaratish belgilangan.

Foto: Videodan kadr

Foto: Videodan kadr

Biroq MIB Xonobod shahar bo‘limi xodimlarining ogohlantirishlariga qaramay, MCHJ rahbari kredit qarzdorligini qoplamagan. Shu sabab tadbirkorning garovdagi mulki auksion savdolariga chiqarilgan. Bino auksionda sotilmagach, bankka ko‘chmas mulk sifatida qabul qilish haqida taklif berilgan.

Ushbu holat yuzasidan byuro xodimlari binoni bank ixtiyoriga topshirish haqida ogohlantirish maqsadida qarzdor bilan uchrashgan paytda qarzdor, MCHJ ta’sischisi M.Yu. byuro bo‘lim boshlig‘iga benzin sepib, yoqib yubormoqchi bo‘lgan. Ijro jarayoniga jalb etilgan ichki ishlar xodimi tadbirkorning qo‘lidagi “zajigalka”ni tortib olgan. Ayni jarayonda benzin ichki ishlar xodimiga to‘kilib, uning hayoti ham xavf ostida qolgan.

Mazkur holat yuzasidan Xonobod shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar sayohat uchun ko‘proq qaysi davlatlarga borayotgani ma’lum qilindi
Dunyo
Ijevskdagi maktabda yuz bergan otishma qurbonlari soni 17 kishiga yetdi
Sport
Millatlar Ligasida uchinchi yarim finalchi nomi ma’lum bo‘ldi