Bitkoinning narxi kecha, 15-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 23:00 da 20,2 ming dollargacha pasayib ketgan edi. AQSH Federal rezerv tizimi 1994-yildan beri eng katta foiz stavkasini oshirishni ma’qulladi.
Shundan keyin 1 soat ichida bitkoin narxi qariyb 22 ming dolarga yetdi. Tonggi soat 06:00 atrofida kriptovalyuta 22,9 ming dollargacha yuqoriladi.
CoinDesk portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 15:00 ga kelib virtual valyutaning qiymati 21,242 dollar bo‘lib turibdi.
Ayni paytga kelib bitkoinning bozor qiymati 400 mlrd dollar bo‘lib turibdi. Bu 3 kun avvalgiga qaraganda 50 mlrd dollarga kamdir.
2021-yil noyabr oyida kriptovalyuta narxi 68 ming dollargacha ko‘tarilgan edi.
Izoh (0)