Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Transfermarkt portali transfer narxida o‘sish kuzatilgan O‘zbekiston Superligasi futbolchilarining ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, “Nasaf” futbolchisi Oybek Bozorovning transfer narxi 200 ming yevroga oshib, 800 ming yevroni tashkil etmoqda. Undan keyingi o‘rinni “Bunyodkor” a’zosi Umarali Rahmonaliyev egallagan. Yarim himoyachining transfer narxi ham 200 ming yevroga ko‘tarilgan.

Kuchli beshlikdan “Olimpik”ning uch nafar futbolchisi Dostonbek Tursunov, Vladimir Nazarov, Muhammadqodir Hamroaliyevlar joy olgan. Ularning transfer narxi 150 ming yevroga ko‘tarilgan.

Transfer narxida o‘sish kuzatilgan Superliga futbolchilari:

  1. Oybek Bozorov (“Nasaf”) — 800 ming yevro (+200 ming yevro);
  2. Umarali Rahmonaliyev (“Bunyodkor”) — 200 ming yevro (+200 ming);
  3. Dostonbek Tursunov (“Olimpik”) — 250 ming yevro (+150 ming);
  4. Vladimir Nazarov (“Olimpik”) — 250 ming yevro (+150 ming);
  5. Muhammadqodir Hamroaliyev (“Olimpik”) — 200 ming yevro (+150 ming);
  6. Xislat Xalilov (“So‘g‘diyona”) — 150 ming yevro (+150 ming);
  7. Ruslanbek Jiyanov (“Olimpik”) — 200 ming yevro (+125 ming);
  8. Husayn Norchayev (“Nasaf”) — 800 ming yevro (+100 ming);
  9. Xurshid G‘iyosov (“OKMK”) — 750 ming yevro (+100 ming);
  10. Ehson Panshanbe (“Navbahor”) — 700 ming yevro (+100 ming).

Foto: Transfermarkt

Foto: Transfermarkt

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Android telefonlarda zilziladan ogohlantiruvchi funksiyani yoqish usuli (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda Ramazon oyi 23-martdan boshlanadi
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim