Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Janubiy Koreya va AQSH kelasi oy Vashingtonda mudofaa bo‘yicha muntazam muzokaralarni o‘tkazishga kelishib oldi. Bu haqda ushbu masaladan xabardor odamlarga tayanib, OAV xabar berdi.

Foto: EADaily

Foto: EADaily

Manbalarga ko‘ra, Koreya—AQSH integratsiyalashgan mudofaa muloqotining (KIDD) aniq sanasi hozircha belgilanmagan, biroq tadbir taxminan iyul oyi o‘rtalarida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Shimoliy Koreyaning yadroviy va raketa tahdidlarini birgalikda to‘xtatish masalasi muzokaralar kun tartibida birinchi o‘rinda turishi mumkin.

Qayd etilishicha, tomonlar may oyida prezidentlar Yun Sok Yol va Jo Bayden o‘rtasida bo‘lib o‘tgan sammitda erishilgan kelishuvga muvofiq, qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni kengaytirish va AQSH strategik kuchlarini Koreyada “o‘z vaqtida va muvofiqlashtirilgan holda” joylashtirishni ham muhokama qilishi mumkin.

Shuningdek, avgust oyida Janubiy Koreya, Yaponiya va AQSH qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishi xabar qilingandi. Bunday kelishuvga KXDRning yangi yadro sinovlariga tayyorgarlikni yakunlayotganidan xavotirlar ortib borayotgan bir sharoitda erishilgan. 2022-yil boshidan beri Pxenyan o‘nlab raketa sinovlarini o‘tkazdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda qaysi hududlarda narxlar ko‘proq o‘sgani ma’lum qilindi