O‘zbekiston OAV vakillari hamda blogerlar o‘rtasida 19-iyun kuni “Zakovat” turniriga start berildi.
Turnirning 1/8 finaligacha o‘yinlar savol-javob shaklida, yarim finaldan boshlab esa o‘yinlar breyn ring formatida bo‘lib o‘tadi.
Har ikkala juftlik navbati bilan o‘yin stollariga taklif etiladi. Jamoalar har birida 10 tadan savol o‘ynaladigan ikkita o‘yin o‘tkazadi (10 savol o‘ynab bo‘linganida jamoalarning natijasi teng kelib qolsa, qo‘shimcha savollarga o‘tiladi).
Ikkala o‘yinda ham g‘alaba qozongan jamoa finalga yo‘l oladi. Ikkita o‘yindan so‘ng, umumiy 1:1 hisobi qayd etiladigan bo‘lsa, jamoalar uchinchi o‘yinda ham ishtirok etadi va ushbu o‘yinda ko‘proq savolga javob topgan jamoa finalga yo‘l oladi.
Yarim finalda mag‘lub bo‘lgan ikki jamoa uchinchi o‘rin uchun, finalga chiqqan ikki jamoa esa turnir g‘olibligi uchun o‘zaro bellashadi. Ushbu qarama-qarshiliklardagi g‘oliblar yarim finaldagi tartib bo‘yicha aniqlanadi.
OAV vakillari hamda blogerlar o‘rtasida “Zakovat” turniri umumiy sovrin jamg‘armasi 200 million so‘mni tashkil etadi.
- 1-o‘rin uchun 100 million so‘m;
- 2-o‘rin uchun 60 million so‘m;
- 3-o‘rin uchun 30 million so‘m;
- 4-o‘rin uchun 10 million so‘m.
Izoh (0)