• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bepul va sifatli ta’lim, zamonaviy va tenglikka asoslangan turmush darajasi, betakror tabiat qo‘ynida hordiq — Norvegiya o‘quv yurtlari haqida nimalar ma’lum?

    Norvegiyada o‘quvchilar imtihon topshirmaydigan bepul maktablar borligini bilasizmi? Xususiy maktablar yaqin vaqtlargacha taqiq ostida bo‘lgani yoki kattalar orasida keng tarqalgan umrbod ta’lim haqida ma’lumotga egamisiz? Quyida Norvegiya o‘quv yurtlari bilan bog‘liq shu va boshqa qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2005-yilgacha aksariyat xususiy maktablar noqonuniy sanalgan

    Norvegiyada deyarli barcha talabalar davlat maktablariga qatnaydi, chunki 2005-yilgacha xususiy maktablar noqonuniy sanalgan. Ayrim diniy institutlar yoki pedagogik alternativlargina xususiy tarzda faoliyat yuritishi mumkin edi. Lekin bu qonun bekor qilinganidan beri standart xususiy maktablar ham paydo bo‘la boshladi.

    Oliy ma’lumotli kishilar ichida ayollar ulushi ko‘proq

    Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida oliy ta’lim bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida katta gender tafovut mavjud bo‘lib, erkaklar doim ustunlik qiladi. Norvegiyada esa aksincha: aholining oliy ma’lumotli qatlami ko‘proq ayollar hisobiga ortib bormoqda.

    Hukumat ta’lim borasida barcha hududlarni birday qamrab olishni maqsad qilgan

    Ta’lim sohasida butun dunyoda ro‘y berayotgan muammo — shaharlar qishloqlarga qaraganda ancha ilgarilab ketgani. Norvegiya hukumati shu kabi kichik hududlarni ham moliyalashtirish orqali mamlakatdagi har bir kishining ta’lim olishiga imkoniyat yaratadi. Shu maqsadda qishloqlarda ham bir qancha kollejlar ishga tushirilgan.

    Talabalar hayoti juda boy kechadi

    Norvegiyadagi aksar talabalarning hayoti boy, jamiyat bilan uzviy bog‘liq va faol tarzda kechadi. Ularning ko‘pchiligi tajriba yig‘ish va pul ishlash maqsadida o‘qishdan tashqari yarim kunlik ishga ham joylashadi. Chet ellik talabalar ham o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashi mumkin, lekin bu haftasiga 20 soatdan oshib ketmasligi kerak.

    Yashash juda qulay

    Xalqaro diplom olish istagidagi talabalar uchun Norvegiya ajoyib tanlov bo‘la oladi. Yuqori sifatli ta’limdan tashqari, mamlakatda yashash ham juda qulay. Haqiqatan ham mamlakatning istalgan nuqtasida, ayniqsa, Oslo kabi yirik shaharlarda turmush darajasi juda yuqori.

    Talabalar atrof-muhit muammolariga befarq emas

    Norvegiyaliklarning atrof-muhitga bo‘lgan e’tiboriga boshqa mamlakatlar ham havas qilsa, arziydi. Mamlakat fuqarolari avvalroq har bir xonadon uchun bitta mashina bilan cheklanishga qaror qildi. Talabalar esa deyarli har doim jamoat transportidan foydalanadi. Jamoat transporti yirik shaharlarda yaxshi rivojlangan.

    Darslar ochiq havodagi hordiq onlari bilan birgalikda kechadi

    Norvegiyaning naqadar go‘zal mamlakat ekanligini hisobga olsak, talabalar betakror fyordlar (quruqlikka chuqur yorib kirgan, qirg‘oqlari tosh, har tomondan o‘ralgan dengiz ko‘rfazi — “Daryo” izohi) va ulug‘vor tog‘larni ko‘rmasa, uyat bo‘lardi. Shu sababli talabalar shimol yog‘dulari (Aurora Borealis) va boshqa har qanday tabiat hodisalaridan bahra olib yurganiga tez-tez guvoh bo‘lasiz. Norvegiyaning istalgan nuqtasida yovvoyi tabiat bilan hamnafas yashash mumkin.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Jamiyat juda zamonaviy va teng huquqli

    Norvegiyada o‘qish uchun yana bir sabab — butun jamiyat juda zamonaviy hayot tarziga ega. Tenglik Norvegiya jamiyatda har doim eng muhim qadriyat bo‘lib kelgan — odamlar ongida ham, qonunchilikda ham. Shu sababli jamiyat tomonidan qabul kilinishingizda hech qanday muammo bo‘lmaydi. O‘qitish ham innovatsion usulda olib boriladi.

    Ingliz tiliga e’tibor katta

    Ingliz tili bugungi kunda qanchalik muhimligini Norvegiya hukumati tez anglab yetdi.Ko‘plab ta’lim dasturlari va kurslar ingliz tilida o‘qitila boshlandi. Bu nafaqat xalqaro talabalar uchun qulaylik tug‘diradi, balki ingliz tilini juda yaxshi biladigan mahalliy aholi uchun ham foydalidir.

    Deyarli har bir bola bolalar bog‘chasiga qatnaydi

    Bu majburiy emasligiga qaramay, bolalar bog‘chasiga talab katta. Mintaqaga qarab, Norvegiyadagi bolalar bog‘chalarida bir yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan bolalar ulushi 88,2 foizdan 94,4 foizgacha, butun mamlakat bo‘yicha esa o‘rtacha 91,3 foizni tashkil qiladi.

    O‘rta maktabdan keyingi kasb-hunar ta’limi mavjud

    Yoshlar o‘rta maktabni bitirganidan so‘ng kasb-hunar institutlarida o‘qishi mumkin.Bu oliy ta’lim hisoblanmaydi, lekin u yerda faqat to‘liq o‘rta ta’limni tamomlagandan so‘ng o‘qish mumkin. U, odatda, olti oydan ikki yilgacha davom etadi.

    Xalq o‘rta maktablari internat maktablarning muqobili hisoblanadi

    Xalq maktablari endilikda boshqa o‘lkalarda ham ommalasha boshlagan bo‘lsa-da, asli  Sknadinaviyaga xosdir. Ular ta’limning juda o‘zgacha muqobili sanaladi. Norvegiya xalq o‘rta maktablarida imtihonlar ham, talabalar uchun to‘lovlar ham yo‘q. Lekin o‘quvchilar turar joy zallarida yashash va maktab materiallari uchun pul to‘lashi kerak.

    Umrbod ta’lim kattalarga doimo o‘qib-o‘rganishda davom etish imkonini beradi

    Ta’lim tizimi qanchalik yaxshi bo‘lishiga qarmay, turli sabablarga ko‘ra, kattalar o‘zi uchun zarur bo‘lgan asosiy bilimlarni olmagan bo‘lsa, bu muammoni umrbod ta’lim hal qiladi. Bundan maqsad kattalarning umumiy malakasini rivojlantirish bo‘lib, u har qanday boshlang‘ich va o‘rta ta’limni, shuningdek, davomiy dasturlarni taqdim qilishi mumkin.

    Kattalar o‘z bilim va malakasini doimiy ravishda oshirib borishni istaydi

    Norvegiyaliklarning ko‘pchiligi umrbod ta’limda ishtirok etadi. Bu asosiy bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘lmagan kishilarga yordam beribgina qolmay, o‘quv dasturlari orqali qo‘shimcha diplomni ham qo‘lga kiritishga imkon yaratadi. Kasbini butkul o‘zgartirmoqchimi, o‘zini boshqa sohada sinab ko‘rmoqchimi yoki shunchaki qiziqish yuzasidanmi, farqi yo‘q: bu odamlar uchun o‘z malakasini oshirish va moslashish qobiliyatini o‘stirishning ajoyib usuli hisoblanadi.

    Xodimlar qo‘shimcha kurslarda qatnashish uchun ish joyini uch yilgacha tark eta oladi

    Norvegiyada hatto ish beruvchilar ham umrbod ta’limga juda jiddiy qaraydi.Shu sababli barcha xodimlar ma’lum bir ta’lim kursida ishtirok etish uchun ko‘pi bilan uch yilga qisman yoki to‘liq ta’til olish huquqiga ega. Ushbu kurslarning aksariyati kasb-hunar maktablarida o‘tkaziladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ta’lim sohasi va mehnat bozori uzviy bog‘liq

    Norvegiyada ta’lim tizimi yaxshi ekanligiga asosiy sabablardan biri talabalarning ish topishi juda osonligida. Mamlakatda ta’lim sohasi va mehnat bozori chambarchas bog‘langan. Kurslar muntazam ravishda bozor ehtiyojlariga moslashtirib boriladi.

    Ta’limning aksariyat turlari bepul ekanligiga qaramay, grantlar va kreditlar ajratilgan

    Norvegiyada barcha masalalarga, hatto kamdan-kam hollarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy masalalarga ham yechim topib qo‘yilgan. Talaba hech bo‘lmasa o‘qish davomida foizsiz kreditlar olish huquqiga ega. Muayyan vaziyatlar, masalan, mustaqil hayot kechirish kabi holatlar uchun ular o‘qishni bitirganidan so‘ng kreditlarning bir qismini grantga aylantira oladi.

    O‘qituvchilar malakasiga qarab uch toifaga ajratiladi

    Norvegiyalik o‘qituvchilar o‘z darajasiga qarab turli toifalarga ajratiladi.

    Birinchisi — maktabgacha ta’lim muassasasi o‘qituvchisi. U bolalar bog‘chasida va boshlang‘ich maktabning dastlabki to‘rt bosqichida dars beradi. Unga bakalavr darajasi kerak.

    Ikkinchisi — yordamchi o‘qituvchi. U quyi sinf o‘quvchilariga va ba’zan yuqori sinf o‘quvchilariga ham dars bera oladi. Bu toifadagi o‘qituvchi ixtisoslashgan bo‘lishi kerak.

    Uchinchisi — o‘rta maktab va litseylarda dars beradigan, magistr darajasiga ega bo‘lgan o‘qituvchi.

    O‘qish uchun to‘lov yo‘q

    Norvegiyada ta’lim olish bepul. Talabalardan universitetda o‘qigani uchun to‘lov undirilmaydi. Bundan tashqari, darslar malakali o‘qituvchilar tomonidan yuqori sifatda olib boriladi. Ammo Bergen universiteti kabi ayrim oliy o‘quv yurtlarida norvegiyalik talabalar har semesrt uchun kichik miqdorda to‘lov qilib borish kerak (taxminan, 60 yevro yoki 70 dollar). Chet ellik talabalar bundan ozod qilingan bo‘lsa-da, to‘lov qiluvchi talabalar bilan bir xil imtiyozga ega.

    Yashash ancha qimmat

    Chamadoningizni tayyorlab, tezroq Norvegiyaga jo‘nab ketishdan avval bu mamlakatda yashash kamida boshqa Yevropa mamlakatlariga qaraganda ancha qimmatligini unutmasligingiz kerak.

    Albatta, daromad ham xarajatlarga yarasha bo‘ladi, lekin talabalik davrida shuncha pul topish imkonsiz.

    19.06.2022, 18:19   Izoh (0)   13364
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.