Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritildi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan ham kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egaligi belgilangan.

Manfaatdor tashkilotlar, fuqarolar tashabbuskor guruhlari o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida okrug komissiyalariga referendum o‘tkazilishiga kechi bilan 10 kun qolganida ma’lum qiladi (ilgari 15 kun edi).

Shuningdek, kuzatuvchilar harbiy qismlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalariga borishi haqida referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasini kamida 3 kun oldin xabardor qilishi kerak.

Siyosiy partiyalarning a’zolari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari, fuqarolarning tashabbuskor guruhi tarkibiga kiruvchi shaxslar referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas.

Referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning a’zolariga referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan miqdorda transport, ovqatlanish xarajatlarining va boshqa xarajatlarning o‘rnini qoplash maqsadida kompensatsiya to‘lanadi.

Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining xatti-harakati va qarori ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkinligi belgilangan.

Qonun bilan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, saylov okrugining hududi boshqa ma’muriy-hududiy birlik tarkibiga o‘tkazilganda yoki uning hududida yangi ma’muriy-hududiy birlik tashkil etilgan taqdirda ushbu saylov okrugidan saylangan deputatning vakolatlari saqlab qolinadi.

Shuningdek, Saylov kodeksiga “Yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi” hamda “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi qonunga “Ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari hal etilayotganda saylov okruglarining chegaralarini o‘zgartirish” moddalari kiritilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Xarkovdagi Starlink antennasi, orkestr ostida safarbarlikka kuzatilayotgan rossiyaliklar. Urushning 215-kunidan fotoreportaj
Dunyo
Rossiyadan Osiyoga neft eksporti kamayadimi?
Madaniyat
Gollivud aktyori Alek Bolduin sakkizinchi marotaba ota bo‘ldi