Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Jinoyat ishlari bo‘yicha Marhamat tuman sudi tomonidan Majburiy ijro byurosi Asaka tuman bo‘limi xodimini haqorat qilib, uni pichoq bilan jarohatlagan fuqaroga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Daryo”ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Andijonda fuqaro MIB xodimini pichoq bilan jarohatlagani haqida 13-yanvar kuni xabar berilgan edi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudining 2021-yil 21-oktabrdagi ijro varaqasiga ko‘ra, qarzdor A.J. tomonidan Asaka tumani Najmiddin Kubro ko‘chasida joylashgan avtoshohbekatning yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan kutish qismida o‘zboshimchalik bilan qurib olingan savdo do‘koni qurilmasi o‘zining hisobidan majburiy tartibda buzdirilishi belgilangan.

2022-yilning 11-yanvarida noqonuniy qurilmani buzish uchun vakolatli idoralar vakillari ishtirokida majburiy ijro harakatlari o‘tkazilgan. Ijro harakatlari davomida qarzdorning o‘g‘li S.J. do‘konda bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan taraflarni qo‘rqitib, davlat ijrochisi X.Mehmonovga tan jarohati yetkazgan. Natijada majburiy ijro harakatlari boshqa kunga qoldirilgan.

“O‘sha kuni MIB xodimlari shu do‘konni buzishimni va avtobekatni o‘z holiga keltirib qo‘yishimni aytishdi. Hech qanday qarshiliklarsiz ishga tushdim. Jarayonlarni ko‘rgach, ular ketdi. Bir muddat o‘tgach, yana ikki nafar MIB xodimi keldi. Ular o‘zini tanishtirmadi. Yonimga kelib, bu yer o‘zi to‘liq buzilishi kerakligini aytib, nega mendan bu reklama banerlarni olayotganimni so‘rashdi. Ularga javoban ertalab hamma vakolatli organ vakillari kelganini, menga shunday topshiriq berganini, do‘kondagi reklamalarni olib tashlab, yumshoq o‘rindiqlar o‘rniga qattiq stullar qo‘yishimni aytishganini tushuntirdim. U esa birdaniga ‘Bularga jarima solish kerak, jinoiy ish qo‘zg‘ash kerak’ deb otam haqida nomaqbul so‘zlarni gapirdi. Shundan keyin o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. Sakson yoshdan oshgan otam haqida yomon gapirganiga chidab turolmadim. Shu yoshimda yana otamga gap olib beramanmi, degan xayol o‘rnashib qoldi miyamga. Shundan keyin tortishib ketdik. Qo‘limdagi xo‘jalik pichog‘i bilan uni quvladim. To‘g‘risi, o‘zimni qo‘lga ololmay qoldim o‘sha payt. Maqsadim ularni qo‘rqitib qo‘yish edi xolos. Bunday bo‘lishini istamagandim”, — deydi sudlanuvchi.

Sudya Zarifjon Rahimov S.J.ni Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, unga nisbatan uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi