Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Elektr skuterlar ishlab chiqarish uchun Honda Striemo sho‘ba korxonasini ishga tushirdi. Bu haqda “vc.ru” xabar berdi.

Foto: Striemo

Foto: Striemo

U ishlab chiqqan birinchi qurilma uch g‘ildirakli elektr skuter bo‘lib, uni Honda’ning o‘zi “elektr mikromobillik mahsuloti” deb ataydi.

Yaponiyada ushbu elektr skuterlar 2022-yil oxirigacha, Yevropa bozorida 2023-yilda sotuvga chiqariladi. Dastlabki 300 ta skuter onlayn tarzda 1900 dollardan sotiladi.

Honda’ning fikricha, Striemo ikki g‘ildirakli elektr skuterlardan istalgan tezlikdagi yuqori barqarorligi bilan ajralib turadi.

U “millimetrgacha hisoblangan” tortishish markazi va muvozanatni qo‘llab-quvvatlash mexanizmi va maxsus dizayn bilan ta’minlangan.

Skuterning og‘irligi 20 kg. U uchta tezlik rejimiga ega: 6 km/soat, 15 km/soat va maksimal 25 km/soat. Bir zaryadlanganda 30 km masofani bosib o‘ta oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Xarkovdagi Starlink antennasi, orkestr ostida safarbarlikka kuzatilayotgan rossiyaliklar. Urushning 215-kunidan fotoreportaj
Dunyo
Rossiyadan Osiyoga neft eksporti kamayadimi?
Madaniyat
Gollivud aktyori Alek Bolduin sakkizinchi marotaba ota bo‘ldi