• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Bepul tibbiy yordam ko‘rsatishda “kafolatlangan hajm” va tibbiy sug‘urta masalasi qanday bo‘ladi?

    Ushbu maqolada yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Farxod Primov aholining kafolatlangan hajm doirasida bepul tibbiy yordam olish huquqini ta’minlash, tibbiy sug‘urta tizimini kengaytirish, fuqarolarning xususiy tibbiyotdan keng foydalanish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgan.

    Sihat-salomatlik tengsiz boylik hisoblanadi. Xalqimizda “boylikning boshi – sog‘liq”, “Salomatlik – tuman boylik”, “Sog‘ tanda – sog‘lom aql”, “Sog‘lik – umrning garovi” deb bejiz aytishmagan. Biz bir-birimiz bilan salomlashishda aytadigan “Assalomu alaykum” so‘zi ham “Sizga tinchlik, salomatlik, ofiyat tilayman” degan ma’noni bildiradi. Jamiyat va davlatning taraqqiy etishida fuqarolarning sog‘lom bo‘lishi, sog‘lom yosh avlodni tarbiyalash eng asosiy masalalardan biri ekanligini isbotlashga hojat yo‘q.

    Shu o‘rinda savol tug‘iladi, insonning, jamiyatning sog‘lig‘i uchun kim mas’ul? Har kim o‘z sog‘lig‘i uchun o‘zi qayg‘urishi kerakmi yoki bu jarayonda davlatning ishtiroki qanday bo‘lishi lozim? Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash, ularni tibbiy xizmat va tibbiy yordam bilan ta’minlash albatta har bir davlatning eng asosiy burchi hisoblanadi.

    Mamlakatimizda fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash uchun davlat, xususiy va boshqa tizimlardan iborat yagona sog‘liqni saqlash tizimi joriy etilgan. Davlat sog‘liqni saqlash tizimiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari, ularning shahar va tuman bo‘linmalari kiradi. Sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlari jumlasiga o‘z mablag‘lari, jalb etilgan mablag‘lar va qonunchilikka muvofiq boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqaradigan korxonalar, shuningdek farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar kiradi.

    O‘tgan yillar mobaynida aholining sog‘lig‘ini saqlash tizimini isloh qilish, bu borada fuqarolarga qulayliklar yaratish bo‘yicha ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirildi. Biroq hozir gap haqda emas. Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish bo‘yicha bundan keyin qanday choralar ko‘rish kerak? Tizimni isloh qilishda yana nimalarni e’tiborga olish lozim degan savollarga javob izlashga harakat qilamiz.

    Bugun Konstitutsiyamizda “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega” deb belgilab qo‘yishning o‘zi kamlik qilmoqda. Ushbu qoida Konstitutsiyaga u qabul qilingan 1992 yilda kiritilgan. Ammo oradan 30 yil o‘tdi. Bugun biz boshqa zamonda yashayapmiz. Sog‘liqni saqlash tizimi ham Konstitutsiya qabul qilingan 30 yil oldingi holatdan farq qiladi.

    Avvalo, tibbiy yordamning “kafolatlangan hajmi” nimalarni o‘z ichiga olishini aniqlashtirib olish kerak. Bu juda muhim masala. “Kafolatlangan hajm” har bir fuqaroning sog‘lig‘ini saqlash uchun lozim bo‘lgan minimum ko‘rsatkich hisoblanadi. Afsuski, qonunchiligimizda kafolatlangan hajm doirasi aniq belgilanmagan. “Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunda “bepul tibbiy yordam ko‘rasatish hajmi va tartibi qonunchilik bilan belgilanadi” degan jumla bilan cheklangan. Har bir fuqaro qanday holatlarda kafolatlangan hajm doirasida bepul tibbiy yordam olishi kerakligini aniq bilishi kerak va bunga haqli. Shu bois Asosiy qonunda har kimning kafolatlangan hajm doirasida bepul tibbiy yordam olish huquqini mustahkamlab qo‘yish lozim.

    Bugun sog‘liqni saqlash sohasida xususiy tizim salmoqli o‘rinni tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini xususiy sektorsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Butun dunyoda shunday. Mamlakatimizda ham xususiy tibbiyot keng rivojlanmoqda. masalan, Xususiy tibbiyot tomonidan litsenziya asosida amalga oshirilayotgan tibbiy ixtisoslik turlari 1991 – 2016 yillarda 50 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2017 – 2020 yillarda 129 tani tashkil etgan. O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 1 apreldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, xususiy tibbiyot muassasalari shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan tibbiy ixtisosliklar 50 tadan 126 taga ko‘paydi.

    Xususiy klinikalarga davlat tomonidan qator moliyaviy imtiyozlar berilmoqda. Bundan tashqari, litsenziya olish uchun berilgan arizani ko‘rib chiqish muddati hamda litsenziya olish uchun to‘lanadigan davlat boji miqdori kamaytirildi. Xususiy sog‘liqni saqlash tizimi zamonaviy va sifatli ekanligi bilan jozibador. Ammo bu tizim bepul emas. Xususiy tibbiyotdan barcha foydalanishi uchun imkon yaratish bugungi kunda eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.

    Rivojlangan davlatlar tajribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, davlat tomonidan fuqarolarning xususiy tibbiyot tizimidan foydalanishi ham kafolatlanadi. Bunda birinchidan, xususiy tibbiyot tizimiga fuqarolarga bepul tibbiy yordam ko‘rsatganligi yoki ko‘rsatishi uchun ma’lum imtiyozlar taqdim etiladi; ikkinchidan, tibbiy sug‘urta tizimini rivojlantiriladi. Tibbiy sug‘urta rivojlangan davlatlarda allaqachon keng joriy etilgan. Tibbiy sug‘urta fuqaroga xususiy tibbiyotdan ham keng foydalanish uchun imkon beradi. Albatta tibbiy sug‘urtani joriy etish oson emas. Ammo bu oldimizda turgan eng to‘g‘ri tanlovlardan biridir.

    Tibbiy sug‘urta shaxsga davlat sog‘liqni saqlash tizimi bilan birga, sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlari imkoniyatlaridan foydalanishga ham yo‘l ochadi. Shu sababli Konstitutsiyada davlatning turli mulk shakllari asosida faoliyat ko‘rsatadigan sog‘liqni saqlashning barcha turlarini rivojlantirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish hamda tibbiy sug‘urtaning turli shakllari uchun imkoniyatlar yaratish majburiyatini begilab qo‘yish fursati keldi.

    07.06.2022, 19:57   Izoh (0)   1901
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ortiqcha yo‘l belgilari, sifatsiz yo‘laklar: O‘zbekiston avtomobil yo‘llaridagi xavfsizlik o‘rganildi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 16:00

    Pokiston Xitoy bilan “beshinchi avlod” samolyotlari sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

    Dunyo | 29 iyun, 15:45

    Pishgan va mazali mevalarni tanlash bo‘yicha 9 maslahat

    Maslahatlar | 29 iyun, 15:30

    Rossiya strategik bombardimonchilar ishlab chiqariladigan yagona korxonasini kengaytirmoqda

    Dunyo | 29 iyun, 15:15

    Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo davlatlari sammiti 2026-yilga qoldirildi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 15:00

    Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonini ziyorat qilishni tavsiya qildi

    Sport | 29 iyun, 14:48

    Xiaomi kamera, dinamika va mikrofonli AI Glasses smart ko‘zoynaklarini e’lon qildi

    Layfstayl | 29 iyun, 14:40

    O‘zbekistonda ziplayn va kanatli park qurish rejalashtirilgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 14:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.