O‘zbekistonda 1-iyunidan boshlab un mahsulotini birja savdolariga qo‘yib borish yo‘lga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi birja savdolarida bug‘doy unining sotilishi bo‘yicha qanday vaqtinchalik tartiblar o‘rnatilgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan birja savdolarida xaridorlariga keng imkoniyatlar yaratish, narxlarining keskin oshishi, birja savdolarida sun’iy tanqislik keltirib chiqarish, narxlar manipulyatsiyasi va boshqa salbiy holatlarni oldini olish maqsadida bug‘doy unning birja savdolarida sotilishida 1-iyundan boshlab qo‘yidagi vaqtinchalik tartib o‘rnatilgan:
- faqat “spot” shartnomalari asosida 1 tonnadan oshmagan lotlarda barchasi ertalabki (birinchi) savdo sessiyasiga qo‘yilishi ta’minlangan;
- birja shartnomalari bo‘yicha avans (zakalat) miqdorini 10 foiz etib belgilangan;
- “Toshkent-non” uyushmasidagi non ishlab chiqaruvilar uchun 20 tonna;
- boshqa ishlab chiqaruvilar uchun 3 tonna miqdorida (limit) belgilangan.
1-iyun kuni savdolarda 2,8 mingta xaridorlar ishtirok etgan bo‘lsa, 3-iyun kuni ishtirokchilar soni 4,8 mingtaga (2 ming ta yoki 1,7-marta ko‘p) yetgan.
Qayd etilishicha, 1-4-iyun kunlari davomida birja savdolarida sotilgan 34 312 tonna un mahsulotini 51 foizi yoki 17 609 tonna xaridorlar tomonidan olib ketilgan bo‘lib, qolgan 16703 tnnasi xali olib ketilmagan. “Bundan darak shuki, non va boshqa un mahsulotlarini ishlab chiqaruvichi korxonalarning omborlarida ishlab chiqarish uchun kerak bo‘lgan un mahsulotlari yetarli darajada va unning tanqisligi bo‘yicha muammo mavjud emas”, — deydi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Nazrulla Ortiqov.
Avvalroq “G‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilingandi. Moliya vazirligi departamenti mudiri To‘lqin Mirzayev esa iste’mol bozorida sotilayotgan yopgan nonlar import undan yopilgani uchun qimmatlashayotganini ma’lum qilgan edi.