O‘zbekiston aprel oyida oltinning eng yirik xaridori bo‘lib, zaxirasini 8,7 tonnaga to‘ldirgan. Bu haqda Jahon oltin kengashi xabar berdi.
Oy yakuniga ko‘ra eng faol xaridorlar uchligiga Turkiya (5,6 tonna) va Qozog‘iston (5,3 tonna) ham kirdi.
Oltin sotish bo‘yicha Germaniya eng faol bo‘ldi — 0,9 tonna. Boshqa davlatlarda bu ko‘rsatkich 0,1 tonna yoki undan kam miqdorda.
Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, oltin zaxiralarini eng ko‘p — Misr (44 tonna) va Turkiya (36,9 tonna)ga oshirgan.
Bu chorakda bozorda eng faol sotuvchilar Qozog‘iston va O‘zbekiston Markaziy banklari bo‘ldi, ular mamlakatlaridagi oltin zaxiralarini mos ravishda 34,3 tonna va 24,6 tonnaga kamaytirdi.
Umumiy miqdorda, aprel oyida mamlakatlar markaziy banklari 19,4 tonna oltin sotib olgan. Sotish hajmi xaridlardan 9,4 tonnaga oshgan.
Avvalroq O‘zbekiston eng ko‘p oltin sotgan davlatlardan biri bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.