Lifehacker nashri vitaminga boy, shuningdek, xushta’m taom retsepti bilan bo‘lishdi. Noodatiy retseptga ko‘ra qo‘shiladigan asal taomni yanada mazali qilishi shubhasiz.
Kerakli mahsulotlar:
- mol go‘shti — 400—450 gramm;
- soya sousi — 1—2 osh qoshiq;
- barbekyu sousi — 2—3 osh qoshiq;
- asal — 1—2 osh qoshiq;
- zanjabil — kichkina bo‘lak;
- sarimsoq — 1 bo‘lak;
- o‘simlik moyi — 1 osh qoshiq;
- ko‘k piyoz, tuz va murch.
- Mol go‘shti somoncha shaklida to‘g‘rab olinadi.
- Barbekyu, soya sousi va asal aralashtiriladi.
- Zanjabil hamda sarimsoq qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
- Yog‘ o‘rta olovda tovada qizdiriladi. Mol go‘shti solinib, 2-3 daqiqa davomida qovuriladi.
- Yaxshilab aralashtirilgach yana 2 daqiqa qovuriladi.
- Tabga ko‘ra tuz, murch, sarimsoq va zanjabil solib aralashtiriladi.
- Ustidan sous quyiladi va yana 5 daqiqa davomida qovuriladi.
- Dasturxonga tortishdan avval taom ko‘k piyoz bilan bezatiladi.
Izoh (0)