Daryo

O‘z qo‘lingiz bilan limon va ko‘katli sariyog‘ tayyorlab ko‘ring

Ushbu sariyog‘ sendvichlar uchun ayni muddao

1 daqiqa o‘qish27 918 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Agar sendvichlarni yanada mazali bo‘lishini istasaniz, u holda limon hamda ko‘katli sariyog‘ bilan ta’tib ko‘ring. Lifehacker nashri uy sharoitida tayyorlab ko‘rish munkin bo‘lgan sariyog‘ retsepti bilan bo‘lishdi.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • sariyog‘ — 180 gramm;
  • limon — 1 dona;
  • ko‘k piyoz va ko‘katlar.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Muzlatkichdan sariyog‘ biroz oldin olib qo‘yiladi. U yumshab turishi kerak.
  2. Limon po‘sti qirg‘ichdan o‘tkaziladi. 1-2 choy qoshiq yetarli bo‘ladi.
  3. Limonning sharbatidan ham 1,5 osh qoshiq siqib olinadi.
  4. Ko‘katlar avval yaxshilab yuvilib, so‘ngra to‘g‘raladi.
  5. Sariyog‘ ko‘kat, sharbat va limon po‘sti bilan aralashtiriladi.
  6. So‘ngra aralashma xuddi kolbasa shaklida pergament qog‘oz bilan o‘raladi.
  7. Muzlatkichga kamida 2-3 soatga qo‘yiladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar