So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12195.1
    • RUB 126.67
    • EUR 12921.93
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    O‘zbekiston Xitoyga gaz eksportini tikladi — Eurasianet

    24.05.2022, 12:18 9048

    O‘zbekiston ichki talabni qondirish uchun Xitoyga gaz eksportini joriy yil boshidan to‘xtatib, so‘ng yana qayta tikladi. Bu haqda Eurasianet xabar bermoqda.

    Foto: “O‘zbekneftgaz”

    Foto: “O‘zbekneftgaz”

    Hukumat yetkazib berish qayta tiklangani haqida e’lon qilmadi. Biroq Xitoy ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, Toshkent Turkmanistondan boshlanib, O‘zbekiston va Qozog‘iston orqali o‘tuvchi Markaziy Osiyo—Xitoy quvuri orqali yana gaz eksport qilmoqda.

    O‘zbekiston joriy yilning to‘rt oyida Xitoyga 132,8 mln dollarlik gaz eksport qildi, deb xabar berdi Rossiyaning “Neftegaz.ru” energetika sayti Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi statistik ma’lumotlariga tayanib.

    Eksport qilingan gaz hajmi bo‘yicha aniq raqam ochiqlanmadi.

    Turkmaniston yanvar—aprel oylarida 2,87 mlrd dollarlik gaz bilan Xitoyning eng yirik gaz yetkazib beruvchisi edi. Qozog‘iston 270,6 mln dollarlik gaz eksport qilgan.

    Qozog‘iston va O‘zbekiston Xitoyning quvur liniyasi bo‘yicha mos ravishda to‘rtinchi va beshinchi yirik gaz yetkazib beruvchilari edi. Har ikki davlat o‘sib borayotgan ichki talabni qondirish uchun kelgusi yillarda gaz eksportini to‘xtatishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.

    Mamlakat eksportni tugatish uchun 2025-yilgacha muddat belgilagan.

    Hukumat tomonidan joriy oy e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi uch yilda elektr stansiyalariga gaz yetkazib berish 13 foizga, maishiy iste’molchilarga yetkazib berish esa 30 foizga oshgan.

    Hozirda xususiy iste’molchilar uchun amal qilayotgan subsidiyalar tizimi isloh qilinadi, shuning uchun narxlar faqat ma’lum miqdorda foydalanishgacha subsidiyalanadi.

    Mijozlar hali e’lon qilinmagan limitdan ortiq iste’mol qilingan gaz uchun bozor narxlarini to‘laydi.

    Eksport to‘xtatilganda mavjud bo‘lgan qo‘shimcha gaz, uni sotishdan ko‘ra ko‘proq daromad keltiradigan plastmassa kabi qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. O‘zbekiston eksportni bosqichma-bosqich to‘xtatishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Xitoyga jo‘natiladigan eksportni qisqartirishni boshlagan.

    Bu yil O‘zbekiston 3,3 mlrd kub metr gaz eksport qilishni rejalashtirmoqda, bu 2019-yilda 12,2 mlrd kub metrni tashkil qilgan.

    Avvalroq O‘zbekistondan gaz eksportining deyarli barchasi Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelishi haqida xabar berilgan edi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Angliya Liga Kubogi. “Nyukasl” “Manchester Siti”ni musobaqadan chiqarib yubordi, “Liverpul”da ishonchli, “Arsenal” va “Chelsi”da minimal g‘alabalar

    Bugun, 01:59

    A Seriya. Eldor Shomurodov maydonga tushgan o‘yinda “Kalyari” “Milan”ga yutqazdi, “Inter” o‘z maydonida imkoniyatni boy berdi (video)

    Bugun, 01:42

    La Liga. “Real” o‘z maydonida “Las-Palmas” ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi (video)

    Bugun, 00:32

    Rasman: Jaloliddin Masharipov — “Panserraykos” futbolchisi

    Bugun, 00:10

    Qashqadaryoda maktab direktori o‘qituvchilardan 300 ming so‘mdan yig‘ib, o‘z manfaati yo‘lida ishlatgani aytildi

    Bugun, 00:10

    O‘zbekistonda hukm ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati qisqartirildi

    Kecha, 23:56

    Dubayda dunyodagi ilk suzib yuruvchi masjid quriladi (foto)

    Kecha, 23:40

    O‘zbekistonda madaniyat tizimidagi qancha xodim korrupsiya ortidan hayfsan olgani ochiqlandi

    Kecha, 23:30

    Pedagogika kollejining 9 yil avval yo‘qolgan talabalari, to‘ydagi yong‘inda halok bo‘lganlar, daryo qirg‘og‘iga kelib qolgan sport binosi — 27-sentabr suratlari

    Kecha, 23:10

    Putinga frontdagi vaziyat haqida yomon xabar yetkazilmaydi — OAV

    Kecha, 22:46

    Tavsiya etamiz

    Pedagogika kollejining 9 yil avval yo‘qolgan talabalari, to‘ydagi yong‘inda halok bo‘lganlar, daryo qirg‘og‘iga kelib qolgan sport binosi — 27-sentabr suratlari

    23:00 / 27.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: sudlanuvchi suddagi ko‘rsatmasini 65 nafar bolaning yaqinlariga ta’ziya izhor etish bilan boshladi. Bu holat sudda ilgari kuzatilmagandi

    15:00 / 27.09.2023

    “Faqat bitta taklif tushgan” — mas’ullar “Antistrumin” dori vositasi xaridi bo‘yicha izoh berdi

    14:00 / 27.09.2023

    “Baqqol qizining buyuk merosi”. Britaniya tarixidagi ilk ayol bosh vazir va mamlakatni iqtisodiy tanglikdan olib chiqqan Margaret Tetcher hayoti

    14:00 / 27.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonda oktyabr oyida qanday ob-havo kutilmoqda?

    14:00 / 27.09.2023

    Farhod Mannopov vafoti yuzasidan ikki kishiga ayb e’lon qilindi

    17:00 / 27.09.2023

    “Ular qirg‘iz va o‘zbeklar o‘rtasida nifoq solishni ko‘zlagan” — Sadir Japarov

    18:00 / 27.09.2023

    Shimoliy Koreyaga qochib ketgan amerikalik harbiy taqdiri ma’lum qilindi 

    20:00 / 27.09.2023

    Rayhonning “Humo Arena”dagi konserti qoldirildi. Tashkilotchilar chiptalar sust sotilgani tufayli uni bekor qilishga majbur bo‘lganini aytmoqda 

    11:00 / 27.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.