Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH prezidenti Jo Bayden Amerikaning Tayvanga nisbatan pozitsiyasi o‘zgarishsiz qolganini aytdi. Bunday bayonot bilan Bayden Tokiodagi Quad (xavfsizlik bo‘yicha to‘rt tomonlama muloqot; AQSH, Yaponiya, Avstraliya va Hindistonni o‘z ichiga oladi) sammitida chiqish qildi, deb yozadi Meduza.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Bir kun avval Bayden agar Xitoy o‘z hududi deb hisoblaydigan Tayvanni kuch bilan egallab olishga urinsa, AQSH qurol qo‘llashga tayyor bo‘lishini ma’lum qilgandi.

Xitoy hukumati Baydenning bu gapi uchun AQSHga norozilik bildirgan, Tayvan mavzusi esa Ukrainadagi urush bilan bir qatorda Quad sammitidagi asosiy mavzulardan biriga aylangandi.

AQSH ikki tomonlama kelishuvlar bo‘yicha Tayvanning himoyasini ta’minlashi kerak, ammo uzoq vaqtdan buyon orolga nisbatan “strategik muhmallik” siyosatiga amal qilib kelmoqda, Baydenning kuch ishlatish haqidagi bayonoti esa unga ziddir.

AQSH prezidenti so‘nggi vaqtlarda bir necha marta shov-shuvli bayonotlar berib, keyin uning o‘zi yoki ma’muriyati vakillari izoh berishiga to‘g‘ri kelgan. Xususan, Bayden Ukrainada tinch aholining o‘ldirilishini genotsid deb atashini aytgan, ammo hodisaga huquqiy nuqtai nazardan aynan shunday baho berish yuzasidan qaror xalqaro darajadagi huquqshunoslar tomonidan qabul qilinishi kerak, deb aniqlik kiritdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xorazm viloyati sudlari 3-sinf o‘quvchilariga shahvoniy shilqimlik qilgan o‘qituvchi besh sutkaga qamalgani bo‘yicha ma’lumot berdi
Mahalliy
Amrillo Inoyatov O‘zbekistondagi tug‘uruq komplekslari faoliyatini tanqid qildi
Mahalliy
Cobalt, Lacetti, Damas, Nexia ishlab chiqarish to‘xtatilmagan. Sotuvda yo‘q ushbu avtomobillar qayerga “ketayotgani” maʼlum qilindi