Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Ayntraxt” Yevropa Ligasi finalida “Reynjers”ni penaltilar seriyasida mag‘lub etib, chempionga aylandi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Oliver Glasner shogirdlari Yevropa Ligasida birorta o‘yinda mag‘lubiyatga uchramasdan g‘alaba qozondi. Bu musobaqa tarixidagi uchinchi natija hisoblanadi. Frankfurtliklardan oldin “Vilyarreal” (2020/21-yilgi mavsum) va “Chelsi” (2018/19-yilgi mavsum) ushbu natijani qayd etgan.

Nemis klubi Yevropa Ligasi g‘olib sifatida 2022/23-yilgi Chempionlar Ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. “Ayntraxt” o‘z tarixida ilk bor YChLda ishtirok etadi.

Qayd etib o‘tish joiz, “Ayntraxt” Yevropa Chempionlar Kubogida ishtirok etgan va hatto 1959/60-yilgi mavsumda finalga qadar yetib borgan. Hal qiluvchi bahsda “Real”ga imkoniyatni boy bergan. Musobaqa 1992/93-yilgi mavsumdan Chempionlar Ligasi nomini olgandan buyon nemislar ilk bor ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

“Ayntraxt” 42 yildan so‘ng Yevrokuboklarda g‘alaba qozondi. Avvalroq Frankfurt jamaosi UEFA Kubogi (1980) va Intertoto Kubogini (1967) qo‘lga kiritgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova