Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi final bahsida “Ayntraxt” 18-may, chorshanba kuni “Reynjers” bilan bahs olib bordi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida jamoalar darvozalarni aniq nishonga ololmadi. Ikkinchi bo‘limda esa nisbatan hujumlar ko‘proq bo‘ldi. 57-daqiqada Joe Aribo “Reynjers”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 69-daqiqada esa Rafael Santos Borre muvozanatni tikladi. Qolgan daqiqalarda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi.
Qo‘shimcha bo‘limlarda ham jamoalar qancha urinishmasin, gol urishga muvaffaq bo‘lmadi. Penaltilar seriyasida esa “Ayntraxt” 5:4 hisobida g‘alaba qozondi va 2021/22-yilgi mavsum Yevropa Ligasi chempioniga aylandi.
Qayd etib o‘tish joiz, nemis klubi 42 yildan so‘ng ilk bor Yevrokuboklarda g‘alaba qozondi. So‘nggi bor “Ayntraxt” 1980-yilda UEFA Kubogini qo‘lga kiritgandi.
Yevropa Ligasi
Final
18-may, chorshanba
“Ayntraxt” – “Reynjers” 1:1 (penaltilar seriyasi 5:4)
Gollar: 0:1 — 57 Joe Aribo, 1:1 — 69 Rafael Santos Borre.“Ayntraxt”: Trapp, Ture, Ndika (Lens, 101), Tuta (Xasebe, 58), Knauff, Kostich, Rode (Yakich, 90), Sou (Xrustich, 105), Kamada, Lindstrem (Heuge, 71), Borre.
“Reynjers”: Makgregor, Taverne, Goldson, Bassi, Barishich (Ruf, 117), Jek (Devis, 74), Landstrem, Kamara (Arfild, 90), Rayt (Sakala, 74; Remzi, 117), Aribo (Sends, 101), Kent.
Ogohlantirishlar: Aribo (62), Rayt (73).
Izoh (0)