Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe Parij klubini tark etish arafasida.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

AS nashrining xabar qilishicha, hujumchi 28-mayda bo‘lib o‘tadigan Chempionlar Ligasi finaliga qadar “PSJ”dan ketayotganini ma’lum qilmoqchi.

21-may kuni “PSJ” Fransiya chempionatining 38-turida “Mets” bilan bahs olib boradi. Bu fransuz uchun parijliklar futbolkasidagi so‘nggi o‘yin bo‘lishi mumkin.

Mbappe “Real”ga o‘tadi, Madrid jamoasi esa “Liverpul”ga qarshi bo‘ladigan finaldan so‘ng transferni rasman tasdiqlaydi.

“PSJ” Kilianni jamoada olib qolish uchun harakatlarni to‘xtatdi, deya xabar beradi ESPN. Parijliklar Mbappening “Real”ga o‘tganini e’lon qilishini kutadi.

Madrid klubi Kilianning yuristi bilan ba’zi tafsilotlarni hal qilmagan, ammo bu narsa hujumchining “Real”ga tekinga o‘tishiga to‘sqinlik qilmaydi.

O‘tgan haftada ham “PSJ” 23 yoshli futbolchini jamoada qolishga ko‘ndirishga ishonchi komil edi va bu uchun harakat qildi. Kilianga katta maoshli shartnoma va imij huquqlarining 100 foizini va’da qildi. Undan tashqari futbolchiga sardorlik bog‘ichini ham topshirmoqchi edi. Biroq Mbappe uchun pul hech qachon hal qiluvchi omil bo‘lmagan. U har doim “Real”da o‘ynashni orzu qilgan.

23 yoshli Kilian joriy mavsum “PSJ” safida barcha musobaqalarda 44 ta o‘yinda ishtirok etib, 36 ta gol va 21 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi