“PSJ” hujumkor yarim himoyachisi Anxel di Mariyaning yangi jamoasi aniq bo‘ldi.
34 yoshli futbolchi yozda “PSJ”dan “Yuventus”ga erkin agent sifatida o‘tadi. Goal nashrining xabar berishicha, argentinalik futbolchi turinliklar bilan 1 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan.
Di Mariya uchun bu A Seriyadagi ilk tajriba bo‘ladi. Bunga qadar futbolchi Angliya, Ispaniya, Portugaliya va Fransiya chempionatlarida to‘p surgan.
Anxel 2015-yildan buyon “PSJ” sharafini himoya qilib keladi va jamoa bilan 5 marta Fransiya chempionligini qo‘lga kiritgan. Di Mariya joriy mavsum Fransiya chempionatida 25 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)